«Közimni oçsam, döxtirxonadaman» – Namanganda 16 yoşli tiktokerni tok urdi

«Közimni oçsam, döxtirxonadaman» – Namanganda 16 yoşli tiktokerni tok urdi

Joriy yil 19 sentyabr kuni soat 19:05 larda 2006 yil tuğilgan ösmir Namangan tumani Mirişkor mahallasi hududidan ötuvçi «Töraqörğon – Rouston» temir yölining 81-kilometri 1-piketida temir yöl izining yon qismida joylaşgan yuqori kuçlanişli simyoğoçiga çiqib, ijtimoiy tarmoqda obunaçilarini köpaytiriş maqsadida suratga tuşmoqçi bölgan.


Şu vaqtida uni 27 500 volt kuçlanişdagi elektr toki urib, jarohat olgan va tuman tez tibbiy yordam bölimining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

Şifokor T.Fazlidinov ösmirning jonlantiriş bölimiga kelgan vaqtida şok holatida bölgani, va körsatilgan muolajalardan söng şok holatidan çiqarilganini maʼlum qildi.

«Hozirda bemor holati stabil», – deydi şifokor.


Ijtimoiy tarmoqlarda maşhur bölişni istab qolgan bemor bola esa voqea qanday sodir bölgani haqida gapirib bergan. U temir yöl yaqinida mollariga ozuqa töplab yurgan bölgan.

«Poyezd yöliga çiqib, ustundagi simga tirmaşib çiqdim. Öşa simni oçiq joyi bor ekan, şu yeriga qölim tegib bu holatga tuşib qoldim. Közimni oçib qarasam, döxtirxonada yotibman. Boşqa qaytarilmaydi», – deydi mahalliy maktablarning biri 9-sinfida tahsil olayotgan bemor bola.


Sodir bölgan holat yuzasidan Namangan viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlaş boşqarmasi masʼullari tomonidan muhokama ötkazildi.

Teglar:
×