Muqqadam 8 marotaba sudlangan 20 yoşli qiz yana firibgarlikka qöl urdi

Muqqadam 8 marotaba sudlangan 20 yoşli qiz yana firibgarlikka qöl urdi

Muqqadam 8 marotaba firibgarlik va aldov yöli bilan jinoyatlarni sodir qilgan şaxs yana firibgarlik jinoyatiga qöl urdi.

Jinoyat işlari böyiça Buxoro şahar sudi binosida, oçiq sud majlisida, N.Şaropov raisligida, sudlanuvçi Q.H (F.I.Ş. özgartirilgan)ga nisbatan jinoyat işi körib çiqildi.

Iş holatiga köra, sudlanuvçi 20 yoşli Q.H muqaddam bir neça marotaba sudlanib, öziga tegişli xulosa çiqarmasdan, yana qasddan jinoyat sodir qiliş yöliga ötib, xavfli retsidiv böla turib, 2019 yil 14 mart kuni soat taxminan 12:00 larda özganing mol-mulkini yoki işonçini suvistemol qiliş yöli bilan talon-talon taroj qiliş maqsadida Buxoro şahar Karvon bozori hududidagi zargar buyumlari sotiladigan pavilonida savdo qiliuvçi K.R.dan tilla taqinçoqlar sotib olişni baxona qilib, unga 20.000 söm miqdordagi garov sifatida naqd pullarni qoldirib, qolgan pullarni avtomaşinasidan  keltirib berişini aytib, uni işonçini suvistemol qilib, aldab bir dona baxosi 4.000.000 sömlik çamasi 500 AQŞ dollorli  platinaga qöyilgan, brilliant közli nikoh uzugini qölga kiritib, takroran xavfli retsidiv firibgarlik jinoyatini sodir qilgan. 

Şuningdek, sudlanuvçi Q.H  aybi dastlabki va sud tergovi vaqtida söroq qilinganda  jabrlanuvçi hamda guvohlarning körsatuvlari, guvoh N.S.ning körsatuvlarni hodisa joyida tekşiriş bayonnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar, guvoh N.S.ning körsatuvlarni hodisa joyida tekşiriş bayonnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar, yuzlaştiriş bayonnomalari, narsani közdan keçiriş va olib qöyiş haqidagi bayonnoma, 2019 yil 13 apreldagi şaxsni fotosuratdan tanib oliş uçun körsatiş bayonnomasi hamda jinoyat işida töplangan boşqa barça dalillar yiğindisi bilan töliq öz isbotini topdi.

Sud, sudlanuvçi Q.X.ning jinoiy haraklari Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan töğri kvalifikatsiya qilingan deb baholaydi.

Sud, sudlanuvçi Q.X.ning aybigi töliq iqrorligini yoşini jabrlanuvçiga yetkazilgan zarar töliq qoplanganligini, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasiga asosan jazoni yengilaştiruvçi holatlar deb baholaydi.

Sud, sudlanuvçi Q.X.ning ijtimoiy xavfli qilmişni ğarazli va boşqaça past niyatlarda hamda ilgari ham qasddan sodir etgan jinoyati uçun sudlanib, qasddan yangi jinoyat sodir etganligini  Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 56-moddasining “k,n” bandlariga asosan jazoni oğirlaştiruvçi holatlar deb baholaydi.

Qayd qilingan Qonun va Plenum qarorining tuşuntirişidan kelib çiqib, sudlanuvçi Q.H.ga nisbatan jazo turi va miqdorini tayinlaşda, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, uning şaxsini, aybiga töliq iqrorligini, oilaviy şaroitini, jabrlanuvçiga yetkazilgan zarar töliq qoplanganligini hamda jazoni yengillaştiruvçi va oğirlaştiruvçi boşqa holatlarni inobatga olib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “b” bandi sanktsiya doirasida axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlaşni, şuningdek, jinoyat işlari böyiça Kattaqörğon şahar sudining 2019 yil 22 iyul kunidagi hukmi bilan tayinlanib, Jinoyat Kodeksining 72-moddasiga asosan şartli qilingan 4 yilu 4 oy 26 kun muddatga ozodlikdan maxrum qiliş jazosini şartliligini bekor qilib, Jinoyat Kodeksining 59-moddasi 8-qismi, 61-moddalariga asosan mazkur hukm bilan tayinlanadigan jazoga qisman qöşib, uzil-kesil jazo tayinlaşni lozim deb hisoblaydi.

Q.H. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

Q.H.ga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan iş haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qoliş şarti bilan 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatiş işi jazosi tayinlandi.

Q.H.ga nisbatan jinoyat işlari böyiça Kattaqörğon şahar sudining 2019 yil 22 iyuldagi hukmi bilan tayinlangan 4 yil 4 oy 26 kun muddatga ozodlikdan maxrum etiş jazosining şartliligi bekor qilinib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 59-moddasi 8-qismi, 61-moddalariga asosan mazkur hukm bilan tayinlangan jazoga qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 4 (tört) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikdan maxrum qiliş jazosi tayinlandi.

Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 62-moddasiga asosan qamoqda saqlangan 26 kun tayinlangan jazo muddatidan çegirilsin.

Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.

Jazoning ötaş muddati 2019 yil 17 avgust kunidan boşlab hisoblansin.

N.ŞAROPOV,

Jinoyat işlari böyiça

Buxoro şahar sudi raisi                                               

×