Samarqand tumanida yaşovçi fuqaro M.Törayeva Majburiy ijro byurosining tuman bölimiga murojaat qildi.
Uning murojatida aytilişiça, «Döstlik» elektr taʼminoti korxonasi xodimi Rifat ismli şaxs firibgarlik yöli bilan M.Törayevaning işonçiga kirgan.
Xonadoniga örnatilgan elektr hisoblagiç kuyib qolganligini, uni yangisiga almaştiriş kerakligini va elektr energiyasidan 302 ming söm miqdorida qarzdorlik mavjudligini aytgan.
Qarzdorlikni yöqotiş va yangi elektr hisoblagiç örnatib beriş uçun oldin 200 AQŞ dollari, keyin esa yana 400 ming söm berişini talab qilib, 50 AQŞ dollari olgan.
Şuningdek, fuqaro D.Bahromov tomonidan ham murojaat qilingan. U şu yilning may oyi oxirida öziga tegişli bölgan «Doniyor Plast Polimer» masʼuliyati çeklangan jamiyatida isteʼmol qilingan elektr energiya uçun tölovlarni bank muassasasi orqali amalga oşirolmagaç, «Döstlik» elektr taʼminoti korxonasi boşliği Ş. Salimovga murojaat qilgan. Ş. Salimov 1 million 600 ming söm pulni qabul qilib olib, uning hisob-raqamiga ötkazib bermagan. Şundan söng bir oy ötib, iyun oyining oxirida Ş. Salimov Farhod ismli xodimi orqali yana 1 million 700 ming söm pullarni ham olgan. Lekin «Doniyor Plast Polimer» masʼuliyati çeklangan jamiyatining hisob-raqamiga ötkazmasdan kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Samarqand tumani bölimi tomonidan «Döstlik» elektr taʼminoti korxonasining mansabdor şaxslariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boşqarmasi.









