Zelenskiy Rossiya bilan muloqot qilişi uçun şart qöydi

Zelenskiy Rossiya bilan muloqot qilişi uçun şart qöydi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev va Moskva örtasidagi tinçlik muzokaralari yölidagi birinçi qadam Rossiya qöşinlarini Ukraina hududidan olib çiqib ketiş bölişi kerakligini aytdi. Bu haqda Zelenskiy Yel universiteti talabalari va professor-öqituvçilari bilan suhbat çoğida maʼlum qildi. Zelenskiyning nutqi Ukraina rahbarining Telegram’dagi rasmiy sahifasida eʼlon qilindi. 

“Umuman olganda, men uçun Prezident Putinning kimligini yoki u nima ekanligini aytiş qiyin. Bu millatni yöq qiliş uçun tajovuzkor qadamlar qöyyayotgan Putin brendi ostidagi harbiy-siyosiy rahbariyat atrofidagi odamlar”, deydi Zelenskiy.

Zelenskiy Ukraina bugun Putin bilan va umuman, bunday rejim va suverenitet va erkinlikka hurmatsizlik yondaşuvi bilan gaplaşişga tayyor emasligini taʼkidladi. 

“Hurmatsizlik heç bölmaganda rossiyalik harbiylarning Ukraina hududida ekanligida namoyon böladi”, deydi u. 

Uning qayd etişiça, birinçi qadam Ukraina hududlaridan çiqib ketiş bölişi kerrak. 

Şu bilan birga, Zelenskiy keyingi suhbat rossiyaliklarning Ukrainani qanday tark etişiga ham boğliq bölişini qöşimça qildi. Uning sözlariga köra, agar qöşinlar Ukraina harbiylari tomonidan ortga surilganidan keyin Ukraina hududini tark etsa, bu muloqot formatlaridan biri, agar ular özlari Ukraina hududini tark etsa, uruşdan diplomatiyaga silliq ötiş böladi. 

Xitoyning Ukrainadagi uruşdagi pozitsiyasi haqida

Zelenskiy Xitoyning Ukrainani qöllab-quvvatlaş borasidagi pozitsiyasi aniqroq bölişini istaşini bildirdi. 

“Men Xitoyning Ukrainani qöllab-quvvatlaş borasidagi pozitsiyasi aniqroq bölişini istardim. Bunday davlat Rossiyaning agressiv rejimini qöllab-quvvatlaş va himoya qiliş uçun özini işga tuşirişini istamasdim. Bu mening yagona istagim”, deydi Zelenskiy. 

Çuqur iqtisodiy munosabatlar tarixi bor – uruşgaça bölgan eng yirik savdo aylanmasi Ukraina va Xitoy örtasida bölgan. Bu munosabatlar, ayniqsa, hozir saqlanib qolişi kerak, deb hisoblaydi Zelenskiy.


×