Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuçlari “sukut rejimi”ni eʼlon qiladi va soat 10:00 dan boşlab törtta şahardan – Kiyev, Xarkov, Sumi va Mariupoldan gumanitar yölaklarni oçadi. Buning uçun rasmiy Msokva Kiyevdan yölaklarni oçib berişni va tinç aholi hamda çet el fuqarolarini olib çiqib ketilişini taʼminlaşni talab qilmoqda. Bu haqda Ukrainadagi gumanitar yordam böyiça idoralararo muvofiqlaştiruvçi ştabdan maʼlum qilingan.
“Kiyev, Xarkov, Sumi va Mariupol şaharlaridagi halokatli gumanitar vaziyat va uning juda keskinlaşganini inobatga olgan holda, şuningdek, Frantsiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimiroviç Putinga şaxsiy iltimosiga binoan, Rossiya Qurolli kuçlari gumanitar maqsadlarda 2022 yil 7 mart soat 10:00 dan boşlab “sukut rejimi” va oçiq gumanitar yölaklarni eʼlon qiladi”, deyiladi xabarda.
Ştab maʼlumotlariga köra, Kiyevdan bitta yölak oçiladi. Uning yönalişi: Kiyev, Gostomel, Rakovka, Sosnovka, Ivankov, Oranoye, Çernobil, Gden (Belarus), Gomel, keyinçalik Rossiya Federatsiyasiga havo orqali yetkazib beriş.
Mariupoldan çiqiş ikki yönaliş böylab amalga oşiriladi. Birinçi yönaliş – Mariupol, Novoazovsk, Taganrog, Rostov-Don, keyin havo, temir yöl va avtomobil transporti orqali tanlangan yönalişlarga yoki vaqtinçalik yaşaş joylariga. Ikkinçi marşrut Mariupol, Portovskoye, Manguş, Nikolskoye, Respublika, Rozovka, Bilmak, Pologi, Orexov, Zaporoje şaharlarini aylanib ötadi.
Xarkovdan – Xarkov, Nexoteyevka, Belgorod, keyin havo, temir yöl va avtomobil transporti orqali tanlangan yönalişlarga yoki vaqtinçalik yaşaş joylariga.
Sumidan: birinçi yönaliş – Sumi, Sudja, Belgorod, keyin havo, temir yöl va avtomobil transporti orqali tanlangan yönalişlarga yoki vaqtinçalik yaşaş joylariga. Ikkinçi yönaliş – Sumi, Golubovka, Romni, Loxvitsa, Lubni, Poltava.
BMT, YEXHT va XQXQni xabardor qiliş
Qayd etilişiça, muvofiqlaştiruvçi ştab Rossiya tomoni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YEXHT) va Xalqaro Qizil Xoç qömitasi (XQXQ)ning tegişli tuzilmalarini Ukrainada gumanitar koridorlar oçilişi haqida xabardor qilgan.
“Uşbu maʼlumotlar BMT, YEXHT, XQXQ va boşqa xalqaro taşkilotlarning tegişli tuzilmalariga barça mavjud axborot resurslari, jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali yetkazilgan”, deyiladi ştab xabarida.
Ularning taʼkidlaşiça, evakuatsiya nazorati, şu jumladan, Rossiyaning dronlari yordamida ham taʼminlanadi.
“Şu bois, Ukraina tomonining Rossiya Federatsiyasining aybi bilan gumanitar operatsiyani buzişda Rossiyani va butun tsivilizatsiyalaşgan dunyoni yana bir bor aldaşga bölgan barça urinişlari bu safar befoyda va maʼnosiz ekanligidan ogohlantiramiz", deya qöşimça qilgan ştab.
Bayonotda rasmiy Kiyev hukumati, şuningdek, sanab ötilgan şaharlar rahbariyatidan aniq harakatlar kutilayotgani taʼkidlanadi.
“Biz Ukraina tomonidan sanab ötilgan yönalişlar böyiça gumanitar yölaklarni yaratiş böyiça barça şart-şaroitlarni qatʼiy bajarişni hamda tinç aholi va çet el fuqarolarining uyuşqoqlik bilan olib çiqib ketilişini taʼminlaşni talab qilamiz”, deyiladi ştab bayonotida.









