Ukraina Erondan urib tuşirilgan Boeing uçun «aybni töliq tan olişni» talab qildi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “Facebook”dagi sahifasida yozgan.
Şuningdek, u Kiyevning Tehronga qöygan beşta talabini sanab ötdi: birinçidan, Eron «töliq va oçiq» tergov ötkazişga vaʼda berişi kerak, ikkinçidan, aybdorlarni javobgarlikka tortişi şart, uçinçidan, halok bölgan ukrainaliklarning jasadlarini qaytarişi lozim, törtinçidan, tovon tölab berişi kerak. Şuningdek, Zelenskiy Erondan «diplomatik kanallar orqali rasmiy uzr söraşni» talab qildi.
Bundan taşqari, Ukraina yetakçisi Boeing 737’ning halokati böyiça keyingi suriştiruv işlarida «sunʼiy keçikişlar» yuzaga kelmasligiga umid bildirdi. «Bizning 45 nafar mutaxassisimiz adolat örnatiş uçun barça imkoniyatlarga ega bölişi va holatni batafsil örganişga kiritilişi kerak», - deya taʼkidlab ötdi u.
8 yanvar kuni ertalab, Ukraina aviayönalişlarining samolyoti Tehron aeroportidan parvozga kötarilganidan keyin bir munça vaqt ötib halokatga uçradi. Samolyot bortida jami 176 yölovçi bölgan, ulardan töqqiz nafari ekipaj aʼzolari edi. Halokat natijasida barça insonlar halok böldi.
Bir qator Yevropa mamlakatlari, şu jumladan, Ukraina ham samolyotga raketa zarbasi berilgani haqidagi versiya mavjudligini inkor etmadi. Şu bilan birga, Kanada boş vaziri Jastin Tryudo va Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson, şuningdek, AQŞning qator ommaviy axborot vositalari razvedka xizmati va Oq uydagi manbalarga tayanib, Eron raketasi samolyotni tasodifan urib tuşirgan bölişi mumkinligini istisno etişmadi.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning “Twitter”da maʼlum qilişiça, respublika rahbariyati Ukraina aviayönalişlariga tegişli Boeing 737 samolyotining Tehron yaqinida qulaşiga olib kelgan «keçirib bölmaydigan xato» böyiça içki tekşiruvni davom ettiradi.









