Zelenskiy Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzişi mumkin

Zelenskiy Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzişi mumkin

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Taşqi işlar vazirligidan Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uziş böyiça sörov kelganini aytdi. Bu haqda u bugun, 22 fevral kuni Kiyevda bölib turgan Estoniya rahbari Alar Karis bilan qöşma matbuot anjumanida maʼlum qilgan.

“Men Taşqi işlar işlar vazirligidan Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uziş haqidagi sörov oldim. Men buni körib çiqaman”, degan Zelenskiy. 

Zelenskiy Rossiyaning Ukraina şarqida rossiyaparast separatistlar tomonidan taşkil etilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari suverenitetini tan oliş töğrisidagi Kremlning Kiyevga qarşi “keyingi qurolli tajovuzi” uçun qonuniy asos yaratadi, deb hisoblaydi. 

“Biz Rossiya xalqaro majburiyatlari hamda BMT Xavfsizlik Kengaşining 2015 yil 18 fevraldagi Ukraina böyiça rezolyutsiyasini buzgan holda Kiyevga qarşi keyingi qurolli tajovuz uçun huquqiy asos yaratadi, deb hisoblaymiz”, deya taʼkidlagan Ukraina rahbari. 

×