Qaşqadaryoda eşaklarni ayovsiz kaltaklagan şaxs 12 sutkaga qamaldi

Qaşqadaryoda eşaklarni ayovsiz kaltaklagan şaxs 12 sutkaga qamaldi

Avvalroq, Qaşqadaryoda bir neçta erkaklar eşaklarni ayovsiz kaltaklangani akst etgan videolavha tarqalgandi. Uşbu holat yuzasidan viloyat Içki işlar boşqarmasi munosabat bildirdi. 

Aniqlanişiça, ötgan yili 20 avgustda Çiroqçi tumani “Langar” MFYda yaşovçi A.I. va öğli voyaga yetmagan B.S. hovlisida eşaklarga şafqatsizlarça munosabatda bölib, urgan. 

Holat yuzasidan tegişli maʼmuriy hujjatlar rasmiylaştirilib, JIB Çiroqçi tuman sudiga yuborilgan.

Sud hayvonlarga ozor bergan ota A. I. Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi (voyaga yetmagan şaxs hozirligida hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş yoxud hayvonlarning mayib bölişiga olib keliş) bilan aybdor deb topilib, unga 12 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Voqeaning ikkinçi iştirokçisi sudlanuvçining öğli B.S. esa voyaga yetmagani uçun uning xatti-harakati uçun ham otasi A. I. Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan aybli deb topilib, bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari (270 ming söm) miqdorida jarimaga tortilgan. Diyora Abdurahmonova

×