Tanişiga şarʼiy nikoh öqigan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Tanişiga şarʼiy nikoh öqigan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Andijon viloyati Buloqboşi tumanida tanişiga u xotini bilan qonuniy ravişda ajraşmaganiga qaramay, şarʼiy nikoh öqib qöygan fuqaroga tuman maʼmuriy sudi tomonidan hukm öqildi.

2020 yil 15 avgust kuni Buloqboşi tumani «Xontepa» MFYda I.A. tanişi I.T.ning O.A. bilan şarʼiy nikohini öqib qöygan.

I.T. tanişiga olti oydan beri turmuş örtoğisiz yolğiz yaşayotgani, yaraşiş uçun xotinining oldiga borganida unga rad javobi berilganini aytgan. I.T.ning birinçi xotini D.T. (ular 2009 yilda turmuş qurgan, ikki nafar qiz farzandi bor) şarʼiy nikoh öqilganidan xabar topgaç, içki işlar organlariga şikoyat qilgan.

Sudda I.A.ga şarʼiy nikoh öqib qöyib, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 201-moddasi 2-qismi diniy yiğilişlar, köça yurişlari va boşqa diniy marosimlar ötkaziş qoidalarini buzgani uçun 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Andijon viloyati Buloqboşi tumanida noqonuniy tarzda şarʼiy nikoh öqib qöyiş holatlari avval ham kuzatilgan. Jumladan, may oyida Buloqboşi tumanida öğliga şarʼiy nikoh öqigan ota 7 sutkaga qamalgan, şuningdek iyunda Buloqboşi tumanida yaşovçi Abbos Soliyev (barça ism-familiyalar özgartirilgan) öğli Ahror Soliyevga yaşirinça şarʼiy nikoh öqiganligi uçun uç sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

×