Sirdaryoda “TikTokçilar” 4 sutkaga qamaldi (FOTO)

Sirdaryoda “TikTokçilar” 4 sutkaga qamaldi (FOTO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston şahri markazidagi çorrahalarning birida 2 nafar yigit maşinalar harakatiga xalaqit berib, raqsga tuşgani aks etgan video tarqalgandi. Uşbu şaxslar aniqlanib, ularga nisbatan tegişli çora körilgan.

Sirdaryo viloyati IIBning Kun.uz’ga maʼlum qilişiça, Xovos tumani “Bunyodkor” mahallasida yaşovçi D.E. va Sirdaryo tumani, Zarşunoslik mahallasida yaşovçi A.I.lar keyinçalik TikTok sahifasiga joylaş maqsadida Guliston markazidagi çorrahalardan birida maşinalar harakatiga xalaqit berib, raqsga tuşişgan va ularning bu harakatlarini Sayxunobod tumani “Farovon” mahallasida yaşovçi Ş.A. tasvirga olib turgan.

Sodir etilgan huquqbuzarlik harakatlari böyiça Guliston şahar IIO FMB HPB xodimlari tomonidan uşbu şaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi hamda 183-moddasi böyiça maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, körib çiqiş uçun Guliston şahar maʼmuriy sudiga yuborilgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Sud qarorga asosan “raqqos”larga bazaviy hisoblaş miqdorining 5 barobari (1 mln 115 ming söm) miqdorida jarima hamda 4 (tört) sutkadan maʼmuriy qamoq, Ş.A.ga esa eng kam iş haqining 5 (beş) barobari miqdorida jarima hamda 3 (uç) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

×