Bankomatlarni «qurutmoqçi» bölgan 3 nafar harbiy qölga olindi

Bankomatlarni «qurutmoqçi» bölgan 3 nafar harbiy qölga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Çirçiq şahrida 3 nafar harbiy xizmatçi tomonidan bankomatlardan pul öğirlaşga uriniş holati sodir etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur voqea yuzasidan Mudofaa vazirligi raddiya berdi.

Vazirlikka köra, qölga olingan harbiy xizmatçilarning Mudofaa vazirligiga heç qanday aloqasi yöq, ular Içki işlar vazirligi Qorovul qöşinlari harbiy xizmatçilari bölgan.

“Harbiy xizmatçilar toifasiga Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizligi xizmati va boşqa manfaatdor vazirliklar, idoralarning qöşinlar tarkibida xizmat qilayotgan şaxslar kiradi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar tarqatişdan avval harbiy xizmatçilar qaysi bir vazirlik yoki idora vakili ekanligi aniqlangandan söng, aniq faktlarga asoslangan holda tarqatilişi maqsadga muvofiqdir. Umumiy ravişda tarqatilgan maʼlumotlar barça vazirlik va idoralarning harbiy xizmatçilari şaʼniga putur yetkazişi mumkin”, — deyiladi raddiyada.

Eslatib ötamiz, avvalroq Örta Çirçiq tumanida Kapitalbank’ga tegişli bölgan bahosi 145 mln sömlik bankomat öğirlab ketilib, puli yöqligi aniqlangaç daryoga taşlab yuborilgan edi.


×