«Tolibon» Kobulni egallaşida tört ming nafar atrofida harbiy halok bölgan — «Vaşington Post»

«Tolibon» Kobulni egallaşida tört ming nafar atrofida harbiy halok bölgan — «Vaşington Post»

Afğonistonda joriy yilning 1 iyulidan 15 avgustiga qadar “Tolibon” tomonidan hokimiyatni egallab oliş çoğida afğon xavfsizlik kuçlarining 4000 ga yaqin xodimi halok bölgan, yana 1000 nafari bedarak yöqolgan. Bu haqda Afğoniston armiyasi sobiq ştab boşliği Yasin Ziyoga tayanib, “The Washington Post” gazetasi xabar bergan. 

Taʼkidlanişiça, “Tolibon” Afğoniston poytaxti Qobulni egallaşidan bir neça hafta oldin Afğoniston xavfsizlik kuçlari uçun sönggi yigirma yillikdagi “eng halokatli davrlardan” biriga aylangan. 

Maʼlumot uçun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afğoniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga böysunmay turgan yagona viloyat – Panjşer egallangaç, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni şakllantirdi.    

Qayd etiş kerakki, toliblar Afğonistonda hokimiyatga kelgaç, minglab afğonlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afğonistonda tarafdorlari köpligiga şubha yöq, biroq ular hokimiyatga kelgaç köplab qiyinçiliklarga uçramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yöqotişlar katta.

×