Rossiyaning Ufa şahridan Antalyaga uçişi rejalaştirilgan AzurAir aviakompaniyasi samolyoti uçuvçisi şturvalda ötirgan joyidan voyenkomatga olib ketildi. Oqibatda yölovçilar Turkiyaga 9 soat keçikib uçişdi. 30 sentyabr kuni bölgan uşbu hodisa hakida endi xabar berildi. Mkset naşri yölovçilarning sözlariga asoslanib yozişiça, ular ikki soat kutişganidan söng ovozkuçaytirgiç orqali ZF1291 reysining ikkinçi uçuvçisiga qisman safarbarlik doirasida çegarani kesib ötiş taqiqlangani eʼlon qilingan.
Hozirgi maʼlumotlarga köra, voyenkomatning çaqiruv qoğozi uçuvçiga uyida topşirilgan, u esa voyenkomatga bormagan va rahbariyatini ham xabardor qilmagan. Aviakompaniya hodisadan söng çaqiruv olganlar rahbariyatni xabardor etmasa intizomiy çora köriladi, deya ogohlantirdi.
Ertalabki soat 05:20 da uçişi kerak bölgan Boeing 757-200 samolyoti 9 soat va 28 daqiqa ötib osmonga kötarilgan. Bungaça yölovçilar mehmonxonaga joylaştirilgandi.









