Nomaʼlum şaxslar tomonidan 2000 dan ortiq Nexia avtomobilining kuzov qismlarini işlab çiqarilişiga yetadigan pölat listlar öğirlab ketildi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 12 iyun kuni “UzAuto Motors”ning Asaka şahridagi zavodiga yetkazilgan yukda pölat listlarning bir qismi yetişmayotgani aniqlangan. Rossiya Federatsiyasi “Severstali” kompaniyasining yuk vagonlari zavodga kiriş paytida körikdan ötkazilganida, vagondagi yuklardan birining qadoği buzilgani maʼlum bölgan. Mazkur holat yuzasidan “UzAuto Motors” AJning komplayens xizmati tomonidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi natijasiga köra, vagonga ortilgan pölat listlarning bir qismi kompaniyaga yetib kelgunga qadar nomaʼlum şaxslar tomonidan öğirlangani tasdiqlangan.
Işlab çiqariş standartlariga köra, uşbu talon-toroj qilingan pölat listlar meʼyor sarfiga muvofiq, 2030 ta Nexia-3, 871 ta Gentra yoki 970 ta Labo avtomaşinalari kuzov qismlarini işlab çiqariş uçun işlatişga yetarli bölgan.
Uşbu hodisa yuzasidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi natijasida töplangan barça materiallar aybdor şaxslarni aniqlaş hamda yuklar taşilişida ularning xavfsizligi va samarali qöriqlanişiga masʼul bölgan IIVning transportda xavfsizlikni taʼminlaş bölinmalari xodimlarining xizmat vazifalarini qonuniy bajarganiga huquqiy baho beriş uçun Özbekiston Respublikasi Transport prokuraturasiga yuborilgani maʼlum qilindi.









