«Uruşda ğolib bölmaydi» – Erdöğon Putinning qarşisida jiddiy çaqiriq bilan çiqdi

«Uruşda ğolib bölmaydi» – Erdöğon Putinning qarşisida jiddiy çaqiriq bilan çiqdi

Turkiya Ukrainadagi qon tökilişini imkon qadar tezroq töxtatişga urinmoqda. Bu haqda prezident Rajab Toyyib Erdöğon Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşning Ostona şahrida ötayotgan VI sammitida gapirdi. Eʼtiborga molik jihati, Ukraina masalasi kötarilgan maşvaratda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham qatnaşgan. Turkiya rahbariga köra, Rossiya–Ukraina uruşi mavjud murakkab vaziyatga qaramay, diplomatik çoralar orqali töxtalişi kerak.

«Barçamiz ham mintaqaviy, ham jahon miqyosida Ukrainadagi inqiroz asoratlarini his etmoqdamiz. Men adolatli dunyoni faqatgina diplomatiya yöli bilan barpo etiş mumkinligini köpdan beri taʼkidlab kelaman. Uruşda ğoliblar bölmaydi. Adolatli dunyoda esa heç kim mağlub sanalmaydi», – dedi Erdöğon.

Joriy yil iyul oyida Istanbul şahrida «Ukraina portlaridan ğalla hamda oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz olib ötiş taşabbusi» deb nomlangan bitim imzolandi. Turkiya rahbariyati va BMT şafeligida imzolangan hujjat dunyoda oçlik muammosini hal etişga qaratilgan.

Prezident Erdöğon Ostona sammitidagi nutqida Istanbul bitimi imzolanişini yutuq deb atar ekan, şu kabi ijobiy urinişlar davom etayotganini qayd etdi.

Turkiya yetakçisi majlis iştirokçilari va xalqaro hamjamiyatni Ukraina uruşini tezroq töxtatişga çaqirdi.

Siyosatçi öz nutqida xalqaro xavfsizlik, terrorga qarşi kuraş, BMT faoliyatini isloh etiş kabi masalalarga ham töxtalgan.

Avval xabar berganimizdek, prezident Erdöğon Samarqandda bölib ötgan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida prezident Vladimir Putin bilan uçraşuvda ham Ukrainada ziddiyatni bartaraf etiş masalasini kötargan. 

Eslatib ötamiz, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş sammiti doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamkasbi Rajab Toyyib Erdöğon bilan uçraşdi. Unda keng kölamli strategik şeriklik munosabatlari va köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalari muhokama etildi.


×