Qozoğiston yadro quroli böyiça dunyoga çaqiriq bilan çiqdi

Qozoğiston yadro quroli böyiça dunyoga çaqiriq bilan çiqdi

Qozoğiston dunyo davlatlarini Yadroviy qurollarni taqiqlaş töğrisidagi şartnomasi qöşilişga çaqirdi. Bu haqda “Kazinform” Qozoğiston TIVga asoslanib, xabar berdi.

Yadro qurolini taqiqlaş töğrisidagi şartnoma (YAQTŞ) kuçga kirganining bir yilligi munosabati bilan Qozoğiston Respublikasi insonparvarlik va ekologik oqibatlarga duç kelgan yadroviy qurolsizlanişning faol tarafdori sifatida Yadro quroli sinovlari töğrisida, dunyoning barça mamlakatlarini yadro qurolidan holi qiliş uçun YAQTŞga qöşilişga çaqirgan.

Taşqi işlar vazirligi yadro poligonini yopgan va öz hududida dunyoning törtinçi yadro quroli arsenalidan voz keçgan birinçi davlat, şuningdek, Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantiriş taşabbuskorlaridan biri ekanligini taʼkidlagan.

Qozoğiston boşqa iştirokçilari bilan birgalikda Şartnomaning Avstriya raisligida Vena şahrida bölib ötadigan YAQTŞ iştirokçi-davlatlarining birinçi yiğilişiga tayyorgarlik körmoqda.

Bugungi kunga qadar dunyoning 86 ta davlati YAQTŞni imzolagan va 59 tasi ratifikatsiya qilgan.

Qozoğiston MDH hududida Şartnomaga qöşilgan birinçi va hozirça yagona davlatdir.

×