Şavkat Mirziyoyev Erdöğon bilan telefon orqali muloqot qildi

Şavkat Mirziyoyev Erdöğon bilan telefon orqali muloqot qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Davlat rahbarlari qutluğ Qurbon hayiti munosabati bilan bir-birlarini hamda azaliy qardoş xalqlarimizni qizğin qutlab, eng ezgu va samimiy tilaklarini izhor etdilar. Prezidentlar sönggi yillarda mamlakatlarimiz örtasidagi özaro hurmat va işonç, birodarlik, strategik şeriklik tamoyillariga asoslangan aloqalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan taʼkidladilar. Muloqot çoğida joriy yil 5-6 avgust kunlari Anqara şahrida Özbekiston va Turkiya taşqi işlar vazirlari hamraisligida bölib ötgan Strategiyani rejalaştiriş guruhining birinçi yiğilişi natijalarini hamda Turkiyaning dunyodagi elçilarining ön birinçi konferentsiyasida Özbekiston delegatsiyasining faxriy mehmon sifatidagi iştirokini yuqori baholandi. Prezidentlar raisligida bölib ötadigan oliy darajadagi Özbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengaşi ilk yiğilişiga har tomonlama puxta tayyorgarlik köriş muhimligi alohida qayd etildi. Suhbatda turli yönalişlarda imzolangan bitim va loyihalar, erişilgan özaro manfaatli kelişuvlarni töliq röyobga çiqariş va aloqalarni yanada mustahkamlaş böyiça tomonlarning intilişi qatʼiy va muştarak ekanligi taʼkidlandi.[:]
×