Şavkat Mirziyoyev Erdöğon bilan telefon orqali muloqot qildi

Şavkat Mirziyoyev Erdöğon bilan telefon orqali muloqot qildi

26 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkiya yetakçisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Turkiyaning döst xalqiga tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.

Muloqot çoğida ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar körib çiqildi.

Özbekiston-Turkiya köp qirrali hamkorligi barqaror va jadal surʼatda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Turli darajalarda faol muloqotlar davom ettirilmoqda, özaro savdo körsatkiçlari ösmoqda. Ikki mamlakat yetakçi hudud va korxonalarining kooperatsiyasi kengaymoqda, birgalikda qator yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oşirilmoqda. Muhim madaniy-gumanitar dasturlar röyobga çiqarilmoqda.

Davlat rahbarlari Toşkent şahrida ötkaziladigan Strategik hamkorlik böyiça oliy darajadagi kengaşning navbatdagi yiğilişiga tayyorgarlik köriş masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almaşildi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek döstona va işonç ruhida ötdi.

×