Liman boy berilgaç, Qodirov dahşatli taklif bildirdi

Liman boy berilgaç, Qodirov dahşatli taklif bildirdi

Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainaning Krasniy Liman şahri boy berilişida general-polkovnik Aleksandr Lapinni aybladi va yadro qurolidan foydalaniş zarurligini aytdi. Bu haqda u Telegram kanalida yozgan.

“Lapin bu hududning mudofaasiga rahbarlik qilgan va qöşinni zarur aloqa vositalari bilan taʼminlamagan, qöşimça öq-dorilar esa hududga kirmagan”, deydi u.

Qayd etilişiça, “Axmat” maxsus kuçlari qömondonlari tomonidan Krasniy Limandagi xavf haqida ogohlantirilgan Qodirov bu maʼlumotni Boş ştabga yetkazgan.

Çeçeniston rahbarining sözlariga köra, Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov unga Lapinning yetakçilik qobiliyatiga şubha qilmasligini va Krasniy Liman hamda uning atrofidan çekinişi mumkinligiga işonmasligini aytgan.

Şuningdek, Qodirov Lapinni isteʼdodsiz odam deb atagan hamda Mudofaa vazirligining kadrlar siyosatini tanqid qilgan.

Qodirov sözining oxirida çegara hududlarida harbiy holat eʼlon qilinib, taʼsiri past bölgan yadro qurolidan foydalaniş zarurligini aytgan.

“Men Rossiya Federatsiyasi Oliy Boş qömondoniga qanday hisobot berişni bilmayman. Şaxsiy fikrimça nisbatan keskin çoralar köriş, xususan, çegara hududida harbiy holat eʼlon qiliş va kam taʼsirli yadro qurolidan foydalaniş kerak”, deydi Çeçeniston rahbari.

Eslatib ötamiz, keça, 1 oktabr kuni Donetsk Xalq Respublikasining (Özbekiston tan olmagan – tahr.) Krasniy Liman şahridan ittifoqçilar qöşinlari qamal qiliş xavfi yuzaga kelganligi sababli olib çiqilgan edi.


×