Qodirov tirbandlikni yöqotiş uçun tramvayni qaytarişdan köra tejamkor taklif berdi

Qodirov tirbandlikni yöqotiş uçun tramvayni qaytarişdan köra tejamkor taklif berdi

Özbekistonda yöllardagi tirbandlik asosan talabalar hisobiga yuzaga kelmoqda. Yöllarda avtobuslar uçun alohida yölaklar ajratilsa, harakat tartibga kelib, tirbandlik bartaraf etilişi mumkin. “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirov şunday fikr bildirdi.

Qodirov avtobus harakati uçun alohida, ajratib qöyilgan yöl bölişi avtobusni aniq grafik asosida harakatini taʼminlaşini qayd etib, bu tramvay uçun qayta tizim yaratişdan arzonroqqa tuşişini aytib ötgan. Sözi isboti sifatida Turkiyaning Istanbul şahrini körsatgan.

Şuningdek, deputat qonunlar borasida ham fikr bildirib, ular faqat insonparvar bölişi emas, insonlarni himoya ham qilişi kerakligini taʼkidlagan.

“Tartibbuzar oğzini töldirib jamiyatga aql örgatmasin, odamlarni çalğitmasin, özidan “tasodiflar qurboni” yasamasin - jazosini olsin, tamom!

Zöravon, ğödaygan, pastkaşlik kompleksini maşinasi vositasida tartibga tupuradigan erkatoylar yoki farosatdan mahrum, hayotining mazmuni avtomaşinadan iborat, qoidani örganiş va amal qilişga aqli ham, sabri ham yetmaydigan “kaltabin grajdanlarni” haydovçilik huquqidangina emas, ozodligidan ham mahrum qiliş, 2-3 yil qayta tarbiyalaş muassasalariga mahkum qiliş töğri böladi deb öylayman. 

Bundaylarni töxtatiş uçun kimlarnidir moli yoki joniga zarar yetişini, bir onani bolasining jasadi ustida çirqillaşini kutib ötiriş kerak emas”, deydi partiya yetakçisi.

Uning taʼkidlaşiça, jamoat transporti tizimli va sifatli bölsa, aholi xususiy avtomobildan kam foydalanadi. Jamoat transporti tizimsiz va sifatsizligida tirbandlikni örni katta.

Deputat yölovçilar avtobuslarga kunlik “plan” qöyiş ham notöğri ekanini urğulab, şunday deydi:

“Avtobuslarga pul töplaş rejasi qöyilişi tartibsizlikni boşlaniş nuqtasi. Avtobusga qanday qilib kunlik reja qöyiş mumkin? U yölovçi terib yurişi emas, belgilangan vaqtda, belgilangan joyda bölişi kerak! Hatto, yölovçisi bölmasa ham!”

×