Saratovda dahşatli qotillik yuz berdi

Saratovda dahşatli qotillik yuz berdi

Keyingi yillarda dunyoda jinsiy zöravonlik bilan boğliq holatlar soni ortib bormoqda. Bu kabi jirkanç illatlarning qurboniga aylanayotganlarning köpçiligi esa voyaga yetmaganlar hisoblanadi.

Navbatdagi ana şunday tubanlik şu yilning 9 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Saratov şahrida yuz berdi. 

Maʼlum bölişiça, töqqiz yoşli Liza Kiseleva ertalab soat 7:30 larda uydan çiqib, maktabga otlanadi. Lekin uni sinfda heç kim körmagan. Şundan söng, qidiruv boşlanadi.

Qidiruvni tergovçilar, politsiyaçilar va"Liza Alert" qidiruv guruhining köngillilari olib bordi.

Keça, 10 oktyabr kuni keçqurun qizçaning jasadi topilgani va gumondorni hibsga olingani  töğrisida maʼlumot tarqatilgan, ammo bu maʼlumot rasman bugun, 11 oktyabr kuni tasdiqlandi. 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin sud tergovçilarini tergovga yordam beriş uçun Saratovga, bölimning markaziy idorasiga yubordi. Tergovçilar hibsga olingan şaxs öz aybini tan olganini aytdi. 

Hibsdagi gumonlanuvçining sözlariga köra, u taşlab ketilgan garajga joylaşgan va 9 oktyabr kuni garaj yonidan öquvçi qiz ötib ketayotganda garaj qizçaning oilasiga tegişli bölişi mumkin deb öylagan va qizçani çaqirib, uni öldirişga qaror qilgan.

Gumonlanuvçi muqaddam öğirlik va jinsiy zöravonlik uçun sudlangani ham maʼlum böldi. Saratov hokimiyati marhumning oilasiga yordam berişga vaʼda berdi.

×