Özbekistonga dahşatli sovuq yaqinlaşmoqda

Özbekistonga dahşatli sovuq yaqinlaşmoqda

“Özgidromet” xabariga köra, 27-29 noyabrda Özbekiston hududlariga Kaspiy dengizi orqali Volga böyi hududlari ustida şakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

27 noyabrda Qoraqalpoğiston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, keçqurun esa Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarining ayrim joylariga yomğir yoğişi mumkin.

28 noyabrda Qoraqalpoğiston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan taşqari respublikamiz hududlari böyiça yoğingarçilik baʼzi joylarda kuçli (yomğir, qor) böladi. Respublikaning toğ hududlarida qor yoğadi, baʼzi joylarda kuçli böladi. Yöllarda yaxvonlik kuzatiladi.

27-28 noyabrda Respublika böyiça şamolning tezligi 17-22 m/s gaça, baʼzi joylarida 25-27 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda.

28-29 noyabrda barça joylarda harorat keçalari 5-10 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 5 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqaça pasayişi kutilmoqda. Örtaça keça-kunduzlik havo harorati meʼyordan 10-12 darajaga kam bölişi kutilmoqda.

×