Migrantlar Rossiyadan ketgani yaxşimi?

Migrantlar Rossiyadan ketgani yaxşimi?

Rossiyada faoliyat olib boradigan huquqşunos Zarnigor Omonullayeva uşbu savolga javob berdi. Vahimangiz va qörquvingizni juda yaxşi tuşunaman. Işoning, xavotirlaringiz örinli. Biroq, vaziyatga axborot şovqinini olib taşlab, real qaraylik.

Agar migrantlarni majburan uruşga yuboriş maqsadlari bölganida qonunçilikka bu haqda özgartiş kiritişar edi. Kördingiz, qonunçilikni özgartirişmoqçi bölsa, ularga bu uçun 4 soat vaqt yetib, ortayapti. Lekin haligaça mobilizatsiya va harbiy holat böyiça qonunçilikda çet el fuqarolari heç qanday majburiy akt iştirokçilari emas.

Hozirda amal qilib turgan qonunçilikka köra faqat Rossiya fuqaroligi borlar majburlanadi. Rossiya fuqaroligi yöqlar uçun majburlaş va harbiy xatar yöq.

Çegara yopilişidan qörqayotgan bölsangiz — karantinda çegaralar hamma uçun yopiqligida ham Rossiyadan çiqib ketişga taqiq bölmaganini eslang. Rossiya fuqarolariyam, migrantlar ham Rossiyadan bemalol çiqib keta olgan.

Çiqib ketişga taqiq bölmaganidan keyin xohlagan vaqtingiz ketaverasiz. Hozir hamma narsani taşlab, tayyorgarliksiz ketib, uyda oilangiz bilan birga oç qolişingiz şart emas.

Mabodo, favqulodda qandaydur holat bölib qolsa karantindagidek çarter reyslar va boşqa evakuatsiya çoralari köriladi. Xavotir olmang.

Migrantlardan hozir nima talab qilinadi?

Harbiylikka bölgan tarğibotga aldanib, yollanib ketib qolmaslik talab qilinadi.

Hujjatlarsiz, noqonuniy migrantga aylanib qolmaslik söraladi. Çunki tekşiruv köp.

Sizga nisbatan biror nojöya harakat bölsa zudlik bilan elçixona, huquq faollari yoki jurnalist/blogerlarga murojaat qiliş tavsiya etiladi.

Işingiz tayin bölsa, harbiylikka heç kim heç narsa, deb sizni çaqira olmasligiga 100 foiz işonçingiz komil bölsa hozirça Rossiyada işlayvering.

Aldanib qolaman yoki Özbekistonda ham işlarim yaxşi, bu yerda yurişim şart emas, desangiz unda albatta ketganingiz yaxşi. Özingizni ham, yaqinlaringizni ham xavotirga qöymaysiz.

Tuşunganingizdek, hozir zudlik bilan ketiş kerak bölgan vaziyat emas. Agar qolayotgan bölsangiz, iltimos, yaqinlaringiz bilan har kuni aloqada bölib turing. Ularni xavotirga qöymang. Yaxşiligingizni bilib, tinç ötirişsin. Sizdan xavotir olib, biror kasallik orttirişsa yaxşi iş bölmaydi.


×