Migrantlar bilişi kerak bölgan muhim 5 qoida

Migrantlar bilişi kerak bölgan muhim 5 qoida

Çet elga işga ketiş istagida bölganlar nimalarni bilişi kerak? Işlaş uçun qonuniy yöl bilan boriş qulaymi? Qaysi davlatda, qanday böş iş örinlari borligini qanday aniqlasa böladi? hudud24 qonuniy mehnat migratsiyasi, qonunçilikda berilgan imtiyozlar, işga yollanişda aldanib qolmaslik uçun biliş kerak bölgan muhim qoidalar haqida maʼlumot berdi.

  1. Qonuniy mehnat migratsiyasi qanday amalga oşiriladi?

Mehnat migrantlari çet elda işlaş uçun Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi, xususiy bandlik agentliklari orqali yoki mustaqil ravişda ketişi mumkin. Bunda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi, xususiy bandlik agentliklari orqali işlaşga ketişda iş va turar joy topişda muammolarga duç kelinmaydi.

Çet elga işlaşga qaysidir taşkilot orqali yoki mustaqil ketişdan qatʼi nazar şaxs huquqlari çet eldagi konsullik muassasalari tomonidan bir xilda himoya qilinişi kerak.

Qonunçilikka köra, 2021 yil 1 yanvardan boşlab barça xorijiy davlatlarga çiqişda fuqarolarning çet elga çiqiş (qizil) pasportni rasmiylaştiriş talab etiladi. Bugungi kunda Armaniston, Rossiya, Ukraina, Belarus, Gruziya, Qozoğiston, Tojikiston, Ozarbayjon va Moldova kabi davlatlar bilan vizasiz rejim örnatilgan.

  1. Migrantlarga qonunçilikda qanday imtiyozlar berilgan?

2021 yil 1 yanvardan boşlab mehnat migratsiyasi faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslar özini özi band qilgan hisoblanib, belgilangan soliqlarni tölaş hamda pensiya miqdorini hisoblaşda inobatga olinadi.

Özini özi band qilgan şaxslar öziga pensiya hisoblanişi va iş stajiga ega bölişi uçun BHMning 50 foizidan kam bölmagan miqdorda (bugungi kunda 165 ming söm) ijtimoiy soliq tölaydi.

Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq özini özi band qilgan şaxslar jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan ozod etiladi.

2018 yilning 1 aprelidan boşlab mehnat migrantlariga temir yöl biletlarining narxlariga 20 foiz miqdorda çegirmalar berilişi yölga qöyilgan. Şuningdek, vaqtinçalik mehnat faoliyatini olib boriş uçun respublika hududidan taşqariga jönab ketayotgan fuqarolarga 1000 AQŞ dollari miqdorida kreditlar beriş joriy joriy etilgan.

2021 yil 1 yanvardan boşlab mehnat migrantlariga — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravişda örnatiladigan stavkalarda mikroqarzlar beriladi.

Mehnat migratsiyasi bilan şuğullaniş uçun xorijga çiqib ketayotgan şaxslarga mikroqarzlar beriladi. Mikroqarzlar xorijda işga joylaşiş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş uçun 10 million sömgaça miqdorda bir yil muddatga beriladi.

Boquvçisi xorijga mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatda bölgan oilalarga BHMning 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam körsatiladi. Şuningdek, “daftarlar”dan biriga kiritilgan oila aʼzolariga BHMning 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam körsatiladi.

Mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolarning Özbekistonda ular bilan birga yaşovçi pensiya yoşiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bölgan oila aʼzolariga kasaba uyuşmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolaniş muassasalariga bir martalik bepul yöllanma beriladi.

Bundan taşqari, mehnat migratsiyasiga çiqib ketganlarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yöllanmalar beriladi.

  1. Qaysi davlatda, qanday böş iş örinlari borligini qanday aniqlasa böladi?

Fuqarolar qaysi çet el mamlakatida qanday böş iş örinlari borligi haqidagi maʼlumotlarni Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga (+99871-202-33-55; info@migration.uz) şaxsan murojaat qiliş orqali, “1282” qisqa raqamli işonç telefonlari orqali hamda http://www.migration.uz/ saytidan yoki https://labormigration.uz/ platformasidan olişlari mumkin.

Uşbu platformalar orqali fuqarolar Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Birlaşgan Arab Amirliklari hamda bir qator Yevropa davlatlaridagi böş iş örinlari bilan batafsil tanişib çiqişi hamda öz xohişi va malakasiga mos işni tanlaşlari mumkin.

Şuningdek, uşbu platformalar orqali xususiy bandlik agentlikaridagi vakantsiyalar, mehnat şartnomalarini tuziş qoidalari hamda patentni rasmiylaştiriş talablari bilan boğliq axborotlar bilan ham tanişiş imkoniyati mavjud.

Bundan taşqari, mazkur platformalar orqali fuqarolar çet elga işlaş uçun çiqişda hamda yuqoridagi davlatlarga kiriş-çiqişda çeklovlar bor-yöqligini tekşirib olişi mumkin.

  1. Işga yollanişda aldanib qolmaslik uçun nima qiliş kerak?

Birinçi navbatda, çet elda işlaş uçun ketayotganda iş kim tomonidan taklif qilinayotganligini tekşiriş kerak. Yaʼni, iş beruvçi haqidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanişib çiqiş lozim. Şubhali iş beruvçilardan bölgan takliflarni qabul qilmaslik, yozma yoki onlayn tarzda tuzilişidan qatʼi nazar mehnat şartnomasi şartlari bilan tanişib çiqiş şart. Bu jarayonda iloji boriça huquqşunos yordamidan foydalaniş tavsiya etiladi.

Bundan taşqari, çyet davlatlarga işlaşga ketayotgan fuqarolar quyidagilarga amal qilişi lozim:

– mazkur davlat qonunlariga qatʼiy rioya qiliş;

– xorijiy mamlakatda mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun zarur bölgan barça hujjatlar va ruxsatnomalarni öz vaqtida qonuniy yöllar bilan rasmiylaştiriş (bunda qonuniy tartibda belgilangan boj va yiğimlardan taşqari heç qanday tölovlarni amalga oşirilmaydi);

– işga joylaşayotganda fuqarolik pasportini heç kimga bermaslik;

– mehnat şartnomasida uning barça şartlari (işning xarakteri va turi, muddati, maoş miqdori, ijtimoiy kafolatlar) qayd etilganiga işonç hosil qiliş.

Xorijiy mamlakatlarga mehnat qiliş uçun ketgan barça fuqarolar şu davlatdagi Özbekiston Respublikasining diplomatik yoki konsullik muassasalarida röyxatdan ötişlari şart. Respublikaning vakolatli taşkilotlari bölmaganda Özbekiston hukumati tomondan vakolat berilgan organlaridan röyxatdan ötişlari zarur.

Çet ellarga işlaş uçun ketayotgan fuqarolar xorijiy mamlakatga yetib olgandan söng oila aʼzolari, döstlari va yaqinlari bilan poçta, telefon yoki Internet orqali muntazam ravişda boğlanib turişlari lozim.

Çet ellik iş beruvçi şartnoma talablariga rioya qilmagan hollarda (iş haqini öz vaqtida tölamaslik, töliq miqdorda tölamaslik yoki işdan böşatiş) xorijiy mamlakatning qonunçiligi bilan örnatilgan tartibda şikoyat qiliş, şu jumladan sudga murojaat qiliş mumkin.

Odam savdosi — kuç bilan tahdid qiliş, kuç işlatiş yoki majburlaşning boşqa şakllaridan foydalaniş, öğirlaş, firibgarlik, aldaş, yöli bilan odamlardan foydalaniş maqsadida ularni yollaş hisoblanadi.

Odam savdosidan jabrlanganlar Özbekiston Respublikasining diplomatik yoki konsullik muassasalariga murojaat qilişi lozim. Uşbu muassasalarning kontakt maʼlumotlari va joylaşuv joylari haqidagi maʼlumotlarni https://mfa.uz/ saytida mavjud.

  1. Har qanday davʼatlarga ergaşmaslik

Mehnat migrantlari xorijda böliş davrida kutilmagan köngilsiz holatlarning oldini oliş maqsadida:

– korxona rahbarlari, hamkasblar va mahalliy aholi bilan döstona munosabatda böliş;

– mahalliy xalqning urf-odatlari va milliy anʼanalarini hurmat qiliş;

– jamoat joylarida örnatilgan tartib va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiliş;

– davlat siyosatiga, korxona rahbariyati va boşqa şaxslarning içki işlariga aralaşmasligi lozim böladi.

Inson hayoti uçun xavf tuğilişi mumkin bölgan joylarga bormaslik, tajovuz qilingan taqdirda u yerdan tezda ketiş, imkoni bölmasa huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari yoki atrofdagi şaxslar eʼtiborini turli yöllar bilan jalb qilişga harakat qiliş lozim.

Öşa davlatning huquqni muhofaza qiliş organlari vakillari hujjatlarni tekşiriş maqsadida talab qilgan taqdirda, huquqiy holatni tasdiqlovçi barça hujjatlarni taqdim etiş kerak.

Agarda huquqni muhofaza qiluvçi organ vakillari öz harakatlari bilan qonun doirasidan çetga çiqqan taqdirda, zudlik bilan Özbekiston Respublikasining diplomatik (konsullik) muassasalari bilan boğlaniş lozim.

Bugungi kunda çet davlatlarga işlaş uçun ketgan fuqarolarni turli xil uruşlar va qurolli mojarolarga davʼat etiş va jalb qiliş hollari uçramoqda.

Özbekiston Respublikasi fuqarosining çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga yollanişi — Jinoyat kodeksining 1541-moddasiga köra, 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.


Teglar:
×