2021 yilda qança özbekistonlik Rossiyaga işlaşga ketgani maʼlum böldi

2021 yilda qança özbekistonlik Rossiyaga işlaşga ketgani maʼlum böldi

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Rossiyada işlaş uçun eng köp Özbekiston fuqarolari borgan – 3 054 180 kişi. Bu haqda RT xabar berdi.

Ikkinçi örinda - Tojikiston (1 597 481 kişi), Qirğiziston (623 465 kişi), Armaniston (298 801 kişi) va Ozarbayjon (185 752 kişi), şuningdek turizm maqsadida kelganlar orasida eng köp Belarus yetakçi - 30 526 kişi. Germaniyadan uşbu maqsadda - 16 369 kişi, Ukrainadan - 15 293 kişi va BAAdan 12 414 kişi hamda Qozoğistondan 11 192 kişi Rossiyaga kirib kelgan.

Statistik maʼlumotlarga köra, öqiş maqsadida Özbekiston (59 233 kişi), Tojikiston (58 964 kişi), Qozoğiston (55 036 kişi), Turkmaniston (34 955 kişi) va Misr (32 473 kişi) rezidentlari köproq kirib kelgan.

Undan taşqari biznes maqsadlarda kelganlar orasida Xitoy fuqarolari 11 235 kişini, özbekistonliklar 10 389 kişini, Germaniya fuqarolari 10 320 kişini, belaruslar 10 167 kişini va qozoğistonliklar 9889 kişini taşkil qilgan.

×