2022 yilda Özbekistondan 8,8 ming kişi doimiy yaşaş maqsadida xorijga köçib ketgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ötgan yil davomida çet elga köçib ketganlarning 4,1 ming nafari erkaklar, 4,7 mingi ayollarni taşkil etadi.
Bu körsatkiç sönggi 5 yilda sezilarli darajada kamaygan. Xususan:
2018 yilda – 17,6 ming;
2019 yilda – 13,2 ming;
2020 yilda – 13,6 ming;
2021 yilda – 20,1 ming nafar kişi xorijga ketgan.
Özbekistondan xorijiy mamlakatlarga köçib ketganlarning asosiy qismi Qozoğiston (79,5 %), Rossiya (16,4 %), Qirğiziston (0,7 %), Tojikiston (0,5 %), Turkmaniston (0,3 %) va boşqa mamlakatlar (2,6 %) hissasiga töğri kelgan.
Şuningdek, 2022 yilda xorijdan Özbekistonga 2,3 ming kişi köçib kelgan bölib, bu oxirgi 5 yilga nisbatan sezilarli kamaygan. Misol uçun, 2018 yilda 2,9 ming, 2019 yilda 2,5 ming, 2020 yilda 1,1, 2021 yilda 1,9 ming kişi Özbekistonga doimiy yaşaş uçun kelgan.









