Maktabda 13 kişini öldirgan jinoyatçining şaxsi aniqlandi

Maktabda 13 kişini öldirgan jinoyatçining şaxsi aniqlandi

Tergovçilar Rossiyaning Ijevsk şahridagi maktabga hujum qilgan şaxsni aniqlaşdi – bu 34 yoşli mahalliy fuqaro, şu maktab bitiruvçisi. Uning natsistlar mafkurasi tarafdori ekanligi tekşirilmoqda, deb xabar qildi bugun, 26 sentyabr kuni Tergov qömitasi matbuot xizmati.

“Tergov qömitasi tergovçilari Ijevskdagi maktabga hujum qilgan şaxsni aniqladi. Bu Artem Kazantsev, 1988 yilda Ijevsk şahrida tuğilgan, uşbu maktab bitiruvçisi”, deyiladi xabarda.

Uning neofaşistik qaraşlar va natsistlar mafkurasiga aloqadorligi tekşirilmoqda. Hozirda tergovçilar uning yaşaş joyida tintuv ötkazmoqda. Şuningdek, ular tajovuzkorning kimligini, uning qaraşlari va yaqinlarini örganadilar.

Eslatib ötamiz, bugun, 26 sentyabr kuni ertalab nomaʼlum şaxs Ijevskdagi 88-maktabda öq uzdi, şundan söng u öz joniga qasd qildi. 13 kişi jinoyat qurboni böldi, jumladan, 7 nafar bola. 21 kişi jabrlangan, ulardan 14 nafari bolalar. Tergov qömitasi maʼlumotlariga köra, erkak natsistlar ramzlari tuşirilgan qora futbolka va balaklava kiygan. Qömita hodisa böyiça jinoiy iş oçdi.


Teglar:
×