Maktabda öquvçilarning soç uzunligi ölçanayetgani rostmi?

Maktabda öquvçilarning soç uzunligi ölçanayetgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda öquvçilarning soç uzunligi ölçanayotganiga oid fotosuratlar eʼlon qilindi.

Özbekiston Xalq taʼlim vazirligi öquvçilarning soçini ölçaş yoki ularning taşqi körinişini tekşiriş böyiça hududiy xalq taʼlimi boşqarmalariga heç qanday topşiriq bermaganligini maʼlum qilamiz.

Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilarini zamonaviy maktab formasi bilan taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 666-sonli qarori bilan  davlat umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilari uçun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlangan bölib, mazkur Nizomda öquvçining taşqi körinişiga bölgan talablar keltirib ötilgan. Barça ota-onalar va ularning örnini bosuvçi şaxslar öquv yilining boşida uşbu talablar bilan taniştirilgan holda, öquv yili davomida öz farzandining Nizom talablariga mos ravişda umumtaʼlim maktablariga kelişini taʼminlaşga masʼul hisoblanadilar.

×