Anqaradagi teraktni amalga oşirgan xudkuşning şaxsi aniqlandi

Anqaradagi teraktni amalga oşirgan xudkuşning şaxsi aniqlandi

Turkiya Içki işlar vazirligi Anqaradagi Içki işlar vazirligi binosi yonida terakt uyuştirgan xudkuş-terrorçining şaxsini aniqladi, u respublikada taqiqlangan Kurdiston Işçilar partiyasi (KIP) aʼzosi bölib çiqdi. 

“DNK tekşiruvi natijasida ikkinçi terrorçi KIP bölginçi taşkiloti aʼzosi Özkan Şahin ekanligi aniqlandi”, deyiladi IIV bayonotida. 

Şuningdek, avvalroq terror hujumining yana bir taşkilotçisi KIP aʼzosi Hasan Öğuz ekanligi aniqlangan edi. 

Içki işlar vazirligi tergov va terrorizmga qarşi kuraş davom etişini qöşimça qildi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 1 oktyabr kuni tongda Anqaradagi Turkiya Içki işlar vazirligining Xavfsizlik boş boşqarmasida terakt sodir etişga uriniş böldi. Ikki erkak maşinada bino oldiga borgan. Ulardan biri özini portlatib yuborgan, ikkinçi terrorçi otib öldirilgan. 

Şundan söng, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan mamlakatning tinçlik va xavfsizligini buzişga urinayotgan terroristlar heç qaçon maqsadlariga erişa olmasligini aytib çiqdi. Kurdiston işçilar partiyasi terrorçi taşkiloti mazkur terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. 

Terakt ortidan mamlakatdan  “Qahramonlar” operatsiyasi boşlandi. Turkiya xavfsizlik kuçlari keng kölamli operatsiya doirasida 900 dan ortiq kişini terrorizmga aloqadorlikda gumon qilib qölga oldi.


Teglar:
×