Mirziyoyev Samarqand sammitidan nimalar kutayotganini aytdi

Mirziyoyev Samarqand sammitidan nimalar kutayotganini aytdi

3-4 aprel kunlari Samarqand şahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinçi sammiti bölib ötadi. Özbekiston bu sammit Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasidagi munosabatlarni rivojlantirişda yangi sahifa bölişini kutmoqda. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev “Euronews”ga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Bölajak sammit haqiqatan ham tarixiy ahamiyat kasb etadi, çunki birinçi marta Markaziy Osiyoning beşta mamlakati va Yevropa Ittifoqi yetakçilari bir joyda töplanadi.
Biz bu sammit Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasidagi munosabatlarni rivojlantirişda yangi sahifa bölişini kutamiz. Keyingi yillarda hamkorligimiz sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi”, deydi Prezident.

Mirziyoyev siyosiy muloqot yanada çuqurlaşadi, hamkorlikka yanada tizimli tus beradigan, uni uzoq muddatli maqsadlarga yönaltiradigan yangi mexanizmlar işlab çiqiladi, deb umid qilişini aytdi. Uning sözlariga köra, mintaqalararo hamkorlik, ayniqsa, iqtisodiyot, savdo, energetika va transport sohalaridagi hamkorlikni muhokama qiliş sammit kun tartibidagi muhim masalalardan biri böladi.

“Samarqand deklaratsiyasining imzolanişi sammitning asosiy natijalaridan biri bölişi kerak. Bu hujjat tomonlarning strategik şeriklik örnatişga bölgan umumiy intilişini aks ettiradi. Deklaratsiya nafaqat erişilgan kelişuvlarni mustahkamlaydi, balki mintaqalarimiz örtasidagi aloqalarni çuqurlaştiriş uçun asos yaratadi”, deydi Özbekiston yetakçisi.

Şuningdek, u investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, qöşma infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş, innovatsiyalar va raqamli yeçimlarni qöllab-quvvatlaş böyiça aniq kelişuvlarga erişişdan umidvor ekanini taʼkidlagan.

“Albatta, köplab savollarga sammit yakunida javob topiladi. Biroq hozirdan aytiş mumkinki, bu uçraşuv Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo örtasida barqaror, özaro manfaatli şeriklikni barpo etiş yölidagi muhim qadamga aylanadi. Bu şeriklik umumiy manfaatlar, işonç va birgalikdagi taraqqiyotga intilişga asoslangan böladi”, dedi Mirziyoyev.

Maʼlumot uçun, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida ötadigan sammit işida Yevropa kengaşi Prezidenti Antoniu Koşta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov iştirok etadi.

“Kelajakka sarmoya kiritiş” şiori ostida ötkaziladigan tadbirda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Yevropa investitsiya banki rahbarlari ham iştirok etişi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi örtasidagi köp qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari körib çiqiladi.

Investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş va tovar ayirboşlaşni köpaytiriş, innovatsiyalar, “yaşil” energetika, toğ-kon, qişloq xöjaligi, transport, logistika va raqamlaştiriş sohalarida qöşma dastur va kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş, madaniyat, turizm, fan, taʼlim va boşqa ustuvor yönalişlarda faol almaşinuvlarni davom ettiriş masalalari diqqat markazida böladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almaşadi.

Dasturga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilari va Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari 4 aprel kuni öz işini boşlaydigan Samarqand xalqaro iqlim forumining yalpi majlisida iştirok etadi.

Bundan taşqari, sammit doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazişi közda tutilgan.


Teglar:
×