Rossiya Ukrainaga mamlakatni böliş uçun emas, balki öz xavfsizligini kafolatlaş uçun hujum qilgan. Bu haqda RF Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
“Biz öz maqsadlarimizga erişmoqçimiz. Avvalo Ukrainani qurolsizlantirişga. Biz Ukrainaning neytral maqomi böyiça konstitutsiyaviy kafolatlar berilişini istaymiz”, degan Peskov “Sky News Arabia” telekanaliga bergan intervyusida.
Uning qöşimça qilişiça, Rossiya Ukrainani bölmoqçi emas. Peskovning taʼkidlaşiça, Moskva Ukraina tomoni bilan muzokaralarning uçinçi bosqiçini kutmoqda va Kiyev uning xavotirlariga quloq tutişiga umid qilmoqda, bu esa harbiy amaliyotni töxtatiş uçun zarur.
Zaporoje atom elektr stantsiyasi hududida sodir bölgan yonğin haqida gapirar ekan, Peskov bu “faşistlar provokatsiyasi” natijasi ekanini aytdi. U stantsiyadagi radiatsiya darajasi normal ekanligini tasdiqladi.
Joriy yilning 3 mart kuni Belarus hududidagi Belovej örmonida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari örtasidagi muzokaralarning ikkinçi raundi bölib ötdi. Tomonlar fuqarolarni evakuatsiya qiliş, oziq-ovqat va dori-darmonlarni yetkazib beriş uçun gumanitar yölaklar böyiça kelişuvga erişdi.









