Namangan va Samarqandda kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalarini muomalaga kiritilişining oldi olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kurariş deparatmenti maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, Departament hamda DXXning Namangan viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.A., B.T. va R.S. özaro til biriktirib, tarkibida kuçli taʼsir qiluvçi moddalar mavjud bölgan 1 316 dona “Regapen” nomli dori vositalarini fuqaro Ö.ga 32,9 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlanganlar.
Şu kabi, Samarqand Kattaqörğon tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.S. boşqa bir fuqaro E.ga jami 56 dona “Regapen” nomli kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalarini 1,5 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuçli taʼsir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









