AQŞ Karimovning yaxtasini kimoşdi savdosiga qöydi

AQŞ Karimovning yaxtasini kimoşdi savdosiga qöydi

AQŞ Adliya vazirligi Ukrainadagi uruş boşlanganidan keyin musodara qilingan va sanktsiyaga uçragan rossiyalik milliarder oligarx Sulaymon Karimovga tegişli bölgan Amadea superyaxtasini Kaliforniyaning San-Diyego şahridagi yopiq kimoşdi savdosiga qöydi. Bu haqda bugun, 6 avgust kuni sotuvga qöyilgan veb-saytda xabar berildi.

Kimoşdi savdosi joriy yil 10 sentyabrga belgilangan. 106 metrli yaxtaning taxminiy qiymati 325 million dollarni taşkil qiladi. Kimoşdi savdosida qatnaşişni xohlovçilar 10 million dollar miqdorida depozit qöyişi kerak.

Olti qavatli Amadea (lotin tilidan “Xudoning sevgisi”) suzuvçi saroy hisoblanadi. Bezatişda marmar va nodir yoğoçdan foydalanilgan, ayrim detallari toşlar bilan bezatilgan. U 8 ta kabinaga ega. Hammasi bölib u 16 mehmon va 36 ekipaj aʼzosini siğdira oladi. Yaxtada vertolyot maydonçasi, suziş havzasi, sport zali, kurort, konferentsiya zali, vino yertölasi va omar akvariumi mavjud. Intererning markaziy elementi qölda böyalgan Pleyel royal bölib, uning barça qismlari, pedallardan tortib ilgaklarigaça 24 karatlik oltindan yasalgan.

Auktsion Floridada joylaşgan National Maritime Services kompaniyasi tomonidan ötkaziladi.

“Bu, ehtimol, har birimiz körgan eng taʼsirli, murakkab va çiroyli kemadir”, degan uning boş direktori Bob Toni.

Uning sözlariga köra, bunday kalibrli yaxtani sotib oliş imkoniyati “juda kamdan-kam uçraydi – umrida bir marta bölişi mumkin”.

Yaxta 2022 yilning bahorida AQŞ talabiga binoan Fijida hibsga olingan va San-Diyegoga olib ketilgan. Karimovning özi yaxtaga egalik qilişini rad etgan. Biroq, AQŞ Adliya vazirligi sudga ekipaj körsatmalari va milliarder Amadea yaxtasining birinçi yölovçisi bölganini körsatadigan yozuvlarni taqdim etdi. Eʼlon qilingan maʼlumotlarga köra, yaxtaning intereri Karimovlar oilasining şaxsiy iltimosiga köra taʼmirlangan, pitstsa peçi va kurortlar örnatilgan. Ekipaj aʼzolaridan biriga yaxtada milliarderning sevimli Nike krossovkalaridan bir juftini doimo olib yuriş buyurilgan.

Doğistonlik Federatsiya Kengaşi aʼzosi Sulaymon Karimov 2018 yilda “Prezident Vladimir Putin rejimidan manfaatdor bölgan va Rossiyaning ğarazli faoliyatini ilgari surişda muhim rol öynaydigan” senator sifatida AQŞ tomonidan sanktsiyalangan edi. Şunga qaramay, AQŞ Adliya vazirligiga köra, 2021 yilda milliarder Amadea’ni işonçli şaxslar orqali sotib olişga rozi bölgan.

Rasmiy ravişda yaxta sotişdan 30 kun oldin röyxatga olingan Millemarin Investments Ltd. mulkiga aylandi. Kelişuvda Errigan Marine kompaniyasi ham iştirok etdi, uning nominal egasi ruxsat etilgan yaxta brokeri Imperial Yachts boş direktori Yevgeniy Koçman.

AQŞ Adliya vazirligi bergan maʼlumotga köra, 2021 yilning oktyabr oyidan yaxta Fiji hukumati tomonidan tortib olingunga qadar Karimov va uning oila aʼzolari Amadea bortida bir neça bor sayohat qilgan, yaxtani keng kölamli modernizatsiya qilişni rejalaştirgan, uzoq muddatli sayohatlar jadvalini tuzgan, şuningdek, barça texnik xarajatlarni öz zimmasiga olgan, unga 2 million dollar sarflagan.

Musodaradan söng, “Rosneft”ning sobiq boş direktori Eduard Xudaynatov yaxtaga egalik huquqini daʼvo qilişga uringan. Biroq, AQŞ rasmiylari uni Karimovning egaligini yaşirişga uringan front odami, deb bilgan. 2025 yilning iyul oyida Nyu-Yorkdagi federal sudya Amadea’ni kimoşdi savdosiga qöyişga ruxsat berdi.


×