Keça Buxoro, Namangan va Samarqandda yordamga muhtoj oilalarga hayriya yordami körsatilmagan

Keça Buxoro, Namangan va Samarqandda yordamga muhtoj oilalarga hayriya yordami körsatilmagan

Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazi va unga jalb qilingan volontyor (köngilli) yoşlar faoliyati töğrisida maʼlumot berildi. 

Aytilişiça, 2020 yil 19 iyul kuni hududlardagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlariga jami 6 085 ta murojaat kelib tuşgan. Hududlarda taşkil etilgan Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari tomonidan 6 642 ta yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalarga hayriya yordami körsatilgan.

Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlarida 19 iyul kunida yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalarga hayriya yordami körsatilmagan.

Hozirda Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlarida jami 2 888 nafar volontyor yoşlar «Call-markaz»larda aholi murojaatlarini qabul qiliş hamda xonadonlarga mahsulotlar yetkazib berişga kömaklaşmoqda.  

Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasida — 248 nafar, Andijon viloyatida — 450 nafar, Jizzax viloyati — 95 nafar, Qaşqadaryo viloyati — 167 nafar, Navoiy viloyati — 221 nafar, Sirdaryo viloyati — 132 nafar, Surxondaryo viloyati — 102 nafar, Toşkent viloyati —141 nafar, Farğona viloyati — 1 177 nafar, Xorazm viloyati — 60 nafar va Toşkent şahrida — 95 nafar volontyor yoşlar Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari faoliyatiga jalb qilingan.

 2020 yil 14 iyuldan 19 iyulga qadar Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlariga jami 38 716 ta murojaat kelib tuşgan va Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari tomonidan 68 279 ta yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalarga xayriya yordamlari körsatilgan.

×