Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentda er ayolini öldirib, jasadini 2 kun maşinasida saqlab yurgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Mazkur voqea böyiça Içki işlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari Şohruh Ğiyosov munosabat bildirib, asl holat qandayligini oçiqladi.
Joriy yilning 9 iyun kuni Yakkasaroy tumani Kiçik xalqa yöli köçasida yaşovçi 1987 yilda tuğilgan J.D. (ayol) erta sahardan kuçli boş oğriği hamda töxtovsiz qayd qiliş oqibatida, turmuş örtoği X.O. tez yordamga murojaat qilgan. Tibbiyot maskanida körsatilgan muolajalarga qaramasdan ayol şu kuni soat 09:45 vafot etgan.
Ötkazilgan sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga köra, ayolga “Çap tuxumdon kistasi, içki kon yöqotiş, tuxumdon va baçadon taşqi homilasi, içki qon yöqotiş, içki aʼzolari kam qonligi” taşxisi qöyilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda ayol murdasini turmuş örtoği tomonidan morgdan uyiga qaytarib olib kelgan holati qayd etilgan.
Hozirda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tekşiruv ötkazilmoqda.









