Özbekistonda Telegram orqali faoliyat olib borgan moliyaviy piramida foş etildi

Özbekistonda Telegram orqali faoliyat olib borgan moliyaviy piramida foş etildi

Özbekiston Kapital bozorini rivojlantiriş agentligiga fuqarolar tomonidan Telegram messenjeri platformasida faoliyat yuritayotgan Unique Finance Nasdaq kanali va NASDAQ UNIQUE FINANCE UZB guruhi faoliyatining qonuniyligi töğrisida maʼlumot beriş mavzusida murojaatlar kelib tuşmoqda, deb xabar beradi agentlik.

Taʼkidlanişiça, kanal va guruh egalari fuqarolarning mablağlarini https://unique.finance sayti orqali yirik kompaniyalarning aktsiyalariga sarmoya kiritiş uçun jalb qiladi. Şuningdek, kanal va guruh egalari tomonidan Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi logotipidan, foto va video materiallaridan foydalaniş hollari köplab uçraydi.

Agentlik tomonidan qayd etilişiça, kanal va guruh egalari tomonidan sarmoya kiritgan fuqarolarga barqaror va yuqori daromad, şuningdek boşqalarni ham sarmoya kiritişga undab, jalb qilgani uçun qöşimça bonuslar va mukofotlar vaʼda qilinadi. Yangi iştirokçilarni jalb qiliş natijasida olingan daromad miqdori esa aktsiyalarga kiritilgan sarmoyadan olinadigan daromad miqdoridan oşib ketişi imkoniyati mavjud.

Agentlik tomonidan keltirilgan misolga köra, saytga sarmoya kiritgan iştirokçiga özidan söng yana 3 nafar iştirokçi jalb qilsa, hamda ularning har biri kiriş badali hisoblangan 5000 dollar miqdorida sarmoya kiritsa, 1000 dollar miqdorida mukofot olişi mumkin, hamda özi jalb qilgan iştirokçilarining daromadidan 5 foiz miqdorida bonus olib turişi vaʼda qilinadi.

Kanal va guruh aʼzolari yangi iştirokçilarni jalb qiliş jarayonida namoyiş qiladigan Unique Finance veb-sayti mazmuni asosan kapital bozori sohasidagi maʼlumot va öquv materiallaridan, şuningdek sayt tomonidan taşkil qilinadigan onlayn treninglar haqidagi maʼlumotlardan iborat.

Qayd etilişiça, kerakli minimal miqdordagi mablağni (5000 dollarni) kiritib, röyxatdan ötgan iştirokçiga Apple, Yahoo, Microsoft kabi 16 ta kompaniyadan birining aktsiyalarini sotib oliş imkoniyati, hamda aktsiyalar sotib olinganidan söng ular iştirokida avtomatik tarzda spekulyativ savdolar ötkazilişi töğrisida maʼlumotlar körsatiladi.

Agentlikning maʼlum qilişiça, aslida, iştirokçi heç qanday aktsiya egasiga aylanmaydi, sayt esa fond bozorida mijozning qimmatli qoğozlari bilan operatsiyalarni amalga oşirmaydi. Iştirokçiga körsatiladigan uning hisobidagi aktsiyalari, hamda ular iştirokidagi spekulyativ savdolar esa taqlid (imitatsiya) va yolğon maʼlumotlar hisoblanadi.

Örganiş davomida agentlik tomonidan yuqoridagi sayt, kanal va guruh faoliyatida moliyaviy piramidaning köplab belgilarini aniqladi. Bundan taşqari, sayt bir qator mamlakatlarning nazorat organlari tomonidan moliyaviy piramidalar reyestriga kiritilganligi aniqlandi.

Fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş va fuqarolarga mulkiy zarar yetkazilişining oldini oliş maqsadida, agentlik yuqorida körsatilgan manbalardan materiallarni respublika huquqni muhofaza qiliş organlariga körib çiqiş uçun yubordi.

Agentlik fuqarolarni yuqoridagi sayt, telegram kanal va guruh faoliyatida moliyaviy piramida belgilari mavjudligi, hamda ularning faoliyati qimmatli qoğozlar bozori bilan boğliq emasligi haqida ogohlantiradi.

Agentlik, şuningdek, fuqarolarga sarmoya kiritişda ehtiyotkor bölişni va taklif qilingan loyihalarda moliyaviy piramidalarning quyidagi belgilari mavjudligini tekşirişni tavsiya qiladi:

  • bozor darajasidan bir neça baravar yuqori bölgan daromadning vaʼda qilinişi;
  • daromadning kafolatlanişi (qimmatli qoğozlar bozorida taqiqlangan);
  • yangi iştirokçilar kiritgan pulning qaysidir qismi oldingi iştirokçilarga daromad tariqasida berilişi;
  • taşkilotning moliyaviy holati töğrisida biron bir maʼlumot yöqligi;
  • taşkilot faoliyatining aniq taʼrifi yöqligi;
  • kapital bozorida faoliyat olib boriş uçun litsenziyaning yöqligi yoki Kapital bozori agentligi reyestrlarida taşkilot haqida maʼlumotlarning mavjud emasligi;
  • ommaviy axborot vositalarida, internet tarmoqlarida yuqori daromad keltiriş bilan boğliq bölgan agressiv reklama qilinişi.
×