Vodiy viloyatlarida elektr energiyasi uzilişi haqidagi gaplar rad etildi

Vodiy viloyatlarida elektr energiyasi uzilişi haqidagi gaplar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan, Andijon va Farğona viloyatlarida taʼmirlaş işlari sabab 9 fevralga ötar keçasi soat 00:00 dan 05:00 gaça elektr energiyasida uzilişlar kuzatilişi haqida maʼlumotlar tarqaldi. Energetika vazirligi uşbu xabarlarni rad etdi. 

“Namangan, Farğona va Andijon viloyatlari isteʼmolçilarining elektr energiyasi taʼminoti işonçliligini yanada oşiriş maqsadida 500 kVli elektr uzatiş tarmoği hafta davomida, tunda taʼmirga çiqarilişi rejalaştirilgan.
 
Uşbu işlar tunda soat 00:00 dan 04:00 gaça (4 soat muddatda) 70 metr balandlikda olib borilişini, bunda isteʼmolçilarning elektr taʼminotida uziliş sezilmasligini maʼlum qilamiz.

Hurmatli isteʼmolçilar, uşbu rejalaştirilgan taʼmirlaş işlari yomğirli ob-havo bölganligi sababli, 8-9 fevral kunlari amalga oşirilmaydi.  

Taʼmirlaş işlari amalga oşirilişidan avval isteʼmolçilar oldindan qöşimça xabardor qilinadi”, deyiladi rasmiy maʼlumotda.

Qalampir.uz

×