Özbekistonda fevral oyida karantin çeklovlari kuçaytirilişi haqidagi miş-mişlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning yangi ştammi Özbekistonda ham aniqlangani, bu kasallik oldingisidan-da oğir keçişi töğrisidagi audio tarqaldi. Şuningdek, Toşkent davlat pedagogika universitetida ham virusning yangi ştammi qayd etilgani aytiladi. «Gap bundoq, fevral oyidan boşlab karantin qaytarkan. Kovid markazlar yana oçilarkan. Yangi ştammda burun bitib, tomoq yiringlaşi, iç ketişi bilan keçarkan. Kasallik juda keskin keçarkan. Kimda kuzatilsa, darhol şifokorga murojaat qilsin», — deydi kimligi nomaʼlum bölgan erkak.

Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi aʼzosi Nurmat Otabekov bu miş-mişlar örinsiz ekanligini «Kun.uz»ga maʼlum qildi.

«Özbekistonda koronavirusning yangi ştammi qayd qilinmagan. Yuqoridagi audioda aytilgan belgilar oldingi ştammga ham xos bölişi mumkin. Yangi ştamm qayd qilinmagani tufayli ehtiyot çoralarini susaytiriş yaramaydi. Biz hamon pandemiya davrida yaşayapmiz.

Karantin çoralarining fevral oyida kuçaytirilişi haqidagi gaplar örinsiz. Bu borada faqat Respublika maxsus komissiyasi qaror çiqarişi mumkin. Bunday qaror çiqarilganda esa rasman eʼlon qilinadi», — degan Nurmat Otabekov.

Uning aytişiça, Özbekistonda har kuni turli hududlarda koronavirus aniqlanmoqda. Şu jumladan, Toşkent davlat pedagogika universitetining talabasida ham koronavirus infektsiyasi qayd etilgani rost. Ammo bu yangi ştamm emas, umuman epidemiologik vaziyat ham barqaror. Öşa fakultet talabalariga maʼlum muddat javob berilgani esa standart amaliyot.

«Takror aytaman, kasallik bizga kirib kelmabdi, deya xotirjamlikka beriliş, himoya va gigiyena qoidalarini unutiş töğri emas. Ehtiyot çoralari hamon amalda», — degan Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Nurmat Otabekov.

25 dekabrda ham Özbekistonda karantin çoralari kuçaytirilişi haqidagi gaplar tarqalgan, Nurmat Otabekov bunga munosabat bildirib, bugun bu kabi çeklovlar haqida öylaş uçun umuman asos yöqligi, mamlakatda koronavirus kasalligi böyiça barqaror epidemik vaziyat hukm surayotgani sababli Respublika maxsus komissiyasi aʼzolari karantin tadbirlarini kuçaytiriş haqida hozirça öylab körmaganini maʼlum qilgandi.

«Xalqimizda niyatga yaraşa beradi, degan gap bor. Bilmadim, baʼzi şaxslar bu kabi miş-mişlarni yaxşi niyatda tarqatişyaptimi yoki doim şunday ‘sovuq’ niyat qilişga örganib qolişganmi... Xalqni besaranjom qilib, çalğitib, qörqitib yoki xavotirga solib baraka topmaysiz», — degan edi u.

Şuningdek, Özbekistonda ham koronavirusga qarşi jamoaviy immunitet hosil bölgani, «agar aholining 70 foizida immunitetni şakllantira olsak (emlaş orqali yoki kasallaniş oqibatida), demak, biz pandemiyani jilovlay olamiz, aniqroq aytsak, biz uni yengamiz», deb aytgandi.

×