Kuni keça telegram messenjeridagi kanallar orqali «Çinoz tumani 19-taʼlim maktabi direktori 6-sinf öquvçisini ayamasdan kaltakladi» nomi bilan video xabar tarqalgan edi. Uşbu holat Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi tomonidan örganib çiqildi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanişiça, voyaga yetmagan O.R. haqiqatdan ham Toşkent viloyati Çinoz tumanida joylaşgan 19-sonli umumiy örta taʼlim maktabining 6-«a» sinf öquvçisi. Joriy yilning 9 oktyabr kuni öquvçilar sinf xonada ötirgan vaqtida maktab direktori Ş. X. sinf xonasiga kirib, texnologiya fani öqituvçisi yöqligi sababli, örniga şu soatda matematika darsi bölişini aytgan.
Şunda, öquvçi O.R. nima sababdan texnologiya darsi bölmasligini qöpol ravişda, baland ovoz bilan söragan. Barça öquvçilar oldida maktab direktoriga nisbatan qöpol muomala qilganligi uçun maktab direktori öquvçi bilan alohida gaplaşib oliş maqsadida uni qölidan uşlab, boşqa xonaga olib kirgan va undan tuşuntiriş xati olgan.
Holat yuzasidan Çinoz tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilib, voyaga yetmagan maktab öquvçisi O.R.ga olgan tan jarohatlari yuzasidan, sudga oid tibbiy ekspertiza tayyorlangan. 2019 yil 11 oktyabr kundagi sud-tibbiy ekspertizasining xulosasisga köra, voyaga yetmagan O.R.ga soğliqni qisqa muddat buzilişiga sabab bölmagan «yengil» tan jarohati taşhisi qöyilgan.
Mazkur holat yuzasidan, fuqaro Ş. X.ning harakatlarida jinoyat alomatlari bölmaganligi sababli, unga nisbatan jinoyat işi qözğatişni rad etiş töğrisidagi qaror qabul qilinib, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismiga asosan javobgarlik belgilangan. Hozirda töplangan hujjatlar körib çiqiş uçun maʼmuriy işlar böyiça Çinoz tuman sudiga yuborilgan.Toşkent IIBB









