Farğonada özini yoqib yuborgan ayol şifoxonada vafot etdi

Farğonada özini yoqib yuborgan ayol şifoxonada vafot etdi

Bu haqda Farğona neftni qayta işlaş zavodi maʼlum qildi.

Joriy yilning 2 avgust kuni Farğona neftni qayta işlaş zavodi binosining kiriş qismida öziga benzin sepib, yoqib yuborgan 47 yoşli ayol — Sanobar Haydarova şifoxonada vafot etdi.

Ayol bugun, 10 avgust kuni soat 07:05 da Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Farğona filialida vafot etgan.

Eslatib ötamiz, uning öz joniga qasd qilişiga, işdan böşatilgani sabab ekani aytilgan edi. Maʼlum bölişiça, u oilada yolğiz boquvçi bölgan. Turmuş örtoği işsiz, 4 nafar farzandi bölgan.

×