Tarmoqlarda Farğonada ayol kişi IIB binosi oldida özini yoqib yubormoqçi bölgani haqidagi xabar tarqaldi. Viloyat IIB ayolning qizi 4 nafar şaxsga jinsiy aloqa qilişga şaroit yaratib bergani va 2 nafar voyaga yetmagan qizni tutqunlikda saqlab, fohişalikka majburlab kelgani uçun uşlanganini maʼlum qildi.
Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan «Farğona viloyati içki işlar binosi oldida fuqaro nega özini yoqmoqçi böldi» sarlavhali videoxabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinişiça, 15 noyabr kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida IIB oldida özini yoqmoqçi bölgan ayolning qiz — fuqaro M. A. Farğona şahridagi mehmonxonalarning birida 2 250 000 söm pul evaziga 4 nafar şaxsga jinsiy aloqa qilişlari uçun şaroit yaratib bergan. U kelişilgan pullarni olgan vaqtida xolislar iştirokida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Şuningdek, fuqaro M.A. voyaga yetmagan D.F. va X.M. larni öziga moddiy jihatdan qaram qilib, yaşaş uyida tutqunlikda saqlab, erkak mijozlarga moddiy manfaat evaziga jinsiy aloqa qilişga majburlab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M. A.ga nisbatan viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (öğrilaş, zörlik işlatiş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş yoxud majburlaşning boşqa şakllarini qöllaş orqali odam savdosi), 131-moddasi 1-qismi (ğarazli yoki boşqa past niyatlarda qöşmaçilik qiliş) hamda 109-moddasi (qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, 16 noyabr kuni Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.
Jinoyat işi böyiça jabrlanuvçi va guvohlarning körsatuvidan kelib çiqib, 19 noyabr kuni ayblanuvçi M. A.ning boşqaruvida bölgan Malibu transport vositasi Farğona şahar Navoiy köçasi 30-uy yonida turgani aniqlanib, xolislar iştirokida közdan keçirilganda 2 dona piçoq va boşqa buyumlar daliliy aşyo tariqasida olinib, avtomaşina qonuniy egasi A. M.ga tilxat orqali topşirilgan.
«IIB binosi oldida özini yoqmoqçi bölgan ayol bilan boşqarma rahbariyati suhbatlaşib, holat yuzasidan tuşuntirişlar bergan. Şu örinda, fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi xabarlarga rasmiy munosabat berilmasdan turib noörin xulosa qilmasliklarini sörab qolamiz», — deyiladi xabarda.









