Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 00:20larda, Namangan viloyati Kosonsoy tumani hududidan ötgan 4R-114 avtomobil yölining 15-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1978 yilda tuğilgan X.D. “Neksiya” rusumli avtomobilni Kosonsoy tumani, Beşketmon MFY hududida boşqarib ketayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmasdan yölni kesib ötayotgan piyoda, 1954 yilda tuğilgan Ğ.E.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda, 66 yoşli Ğ.E. oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.
“Barça yöl harakati qatnaşçilaridan yöllarda harakatlanganda ehtiyotkor bölişlarini, piyodalar belgilanmagan joylardan yölni kesib ötmasliklarini sörab qolamiz”, - deyiladi maʼlumotda.









