MIB xodimlari oldida özini yoqib yuborgan andijonlik fuqaro kasalxonada vafot etdi

MIB xodimlari oldida özini yoqib yuborgan andijonlik fuqaro kasalxonada vafot etdi

Andijonda 45 foiz darajadagi kuyiş holatlari bilan şifoxonaning jonlantiriş bölimida davolanayotgan Xuşnud Ğoyibnazarov vafot etdi. Bu haqda uning opasi «Effect.uz» axborot agentligiga maʼlum qildi.

Andijon tumani, Beşböynoq MFY, Bodomzor köçasi, 140-A uyda yaşovçi Xuşnud Ğoyibnazarov yaşayotgan uyi bilan kelib çiqqan muammolar tufayli MIB xodimlari guvohligida ustidan benzin sepib, özini yoqib yuborgan edi.

Mudhiş voqea joriy yil 21 yanvar kuni Xuşnud Ğoyibnazarovning yaşaş uyi atrofida sodir bölgan. MIB matbuot xizmati boşliği Farruh Toşpölatovga köra, byuroning Andijon tuman bölimi iş yurituvidagi fuqaro Z.G. va uning oila aʼzolarini Andijon tumani, Ayriliş MFYda uydan majburiy tartibda köçiriş hamda daʼvogar M.B.ni uşbu uyga kiritiş haqida ijro hujjati mavjud bölib, 21 yanvar kuni keçga yaqin masʼul xodimlar ijro harakatlarini amalga oşiriş uçun qayd etilgan manzilga çiqqan.

MIB xodimlari, şuningdek, daʼvogar va javobgar iştirokida dalolatnoma rasmiylaştiriş jarayonida taraflar örtasida kelib çiqqan kelişmovçilik sabab ijro harakatlari bir kun keyinga — 22 yanvarga qoldiriladi. Şundan söng MIB xodimlari va ijro harakati uçun jalb qilingan boşqa şaxslar qayd etilgan manzildan çiqib ketayotgan vaqtida javobgar Xuşnud öziga benzin sepib, öt qöyib yuboradi.

Oqibatda tanasining 45 foizi kuyib, oğir tan jarohat bilan şifoxonaga tuşadi.

Matbuot xizmatining taʼkidlaşiça, MIBda sud qarorlari muhokama etilmaydi. Qonuniy kuçga kirgan sud hujjatlari ijrosi taʼminlanişi şart. Sud qarorlari ijrosini vaqtinça töxtatişning esa qonuniy tartiblari bor.

Ayni paytda mazkur holat böyiça Andijon tuman prokuraturasi tomonidan tekşiriş işlari olib borilmoqda.

×