Şavkatjon Abdurazzoqov özini yoqib yuborgan ayolning xonadoniga bordi

Şavkatjon Abdurazzoqov özini yoqib yuborgan ayolning xonadoniga bordi

Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov MIB xodimlari harakatiga norozilik sifatida öziga öt qöyib, vafot etgan ayol xonadonida böldi. 

Viloyat hokimi Namangan şahridagi Istiqbol mahallasida bölib, marhuma Gulandom Dadaboyevaning yaqinlariga taʼziya bildirdi. Uning 15 va 12 yaşar öğillari munosib şaroitlarda voyaga yetişlarida har tomonlama kömak berilişini taʼkidladi. 

— Mazkur holat böyiça hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ularning natijasi böyiça vaziyatga qonuniy, huquqiy baho beriladi va bu haqda albatta jamoatçilikka maʼlum qilinadi, — dedi viloyat hokimi. 

Eslatib ötamiz, 2020 yil 29 sentyabr kuni Namangan şahrida istiqomat qilgan 35 yoşli Gulandom Dadaboyeva ijro harakatlari davomida özining ustiga benzin quyib, yoqib yuborgandi.

Ayol 30 sentyabr kuni tanasining 80 foizdan ortiq kuyiş tan jarohati oqibatida RŞTYOIM Namangan filialida vafot etdi.

×