Afğonistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Tojikistondan boşpana topgan 143 nafar afğon uçuvçisi bugun, 10 noyabrga ötar keçasi AQŞ kömagida mamlakatni tark etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Bir neçta afğon oilalari ham, jumladan, jurnalistlar afğonistonlik uçuvçilar bilan birga Tojikistonni tark etgan.
Maʼlumotlarga köra, bir kun avval AQŞning Duşanbedagi elçixonasi Tojikistondan 191 nafar afğonni, jumladan, uçuvçilarni uçinçi davlatga, u yerdan esa AQŞga olib ketiş niyatida ekanini bildirgan.
Maʼlum qilinişiça, uçuvçilar orasida tojikistonlik şifokorlar nazoratida bölgan ikki homilador ayol ham bor.
Eslatib ötamiz, AQŞ "Tolibon"dan qoçib Özbekistonga ötgan Afğoniston uçuvçilarini joriy yilning 12 sentyabr kuni evakuatsiya qilişni boşlagandi.









