Özbekiston va Qozoğiston harbiylari özbek-afğon çegarasi yaqinida maşğulot ötkazadi

Özbekiston va Qozoğiston harbiylari özbek-afğon çegarasi yaqinida maşğulot ötkazadi

Joriy yilning 17-24 noyabr kunlari Özbekiston janubida, Termiz tumani poligonida Qozoğiston-Özbekiston harbiylari “Hamkorlik-2021”
qöşma maşğulotlarini ötkazadi.

Qöşma manevrlardan maqsad — qöşma vazifalarni hal etişda ikki qardoş davlat Qurolli Kuçlarining muvofiqligi va özaro hamkorligi darajasini oşirişdan iborat. 

Maşğulotlarda Qozoğiston tomonidan 100 dan ortiq harbiy xizmatçilar iştirok etadi, ularga köp funktsiyali Su-30SM qiruvçi samolyotlari, S-295 harbiy-transport samolyotlari, taktik dronlar jalb etiladi. 

Qozoğiston bölinmalarining jangovar tayyorgarligi vazifalariga qidiruv va razvedka operatsiyasini ötkaziş, duşmanning oldingi otryadlarini yöq qilişda jangovar qöriqlaş bölinmalarining harakatlarini maşq qiliş, hujumni qaytariş va noqonuniy qurolli tuzilmalarni yöq qiliş, yaradorlarni va işdan çiqqan texnikani evakuatsiya qiliş kiradi.

Eslatib ötamiz, noyabr oyi boşida Qozoğiston va Özbekiston Qurolli Kuçlari maxsus bölinmalarining “Qalqon-2021” qöşma taktik-maxsus öquv maşğulotlari ötkazilgandi.

×