23 iyun kuni 53 nafar afğon harbiylari va mahalliy qurolli guruhlar Özbekistonga ötdi

23 iyun kuni 53 nafar afğon harbiylari va mahalliy qurolli guruhlar Özbekistonga ötdi

Özbekiston Afğonistondagi, jumladan, çegaradoş şimoliy viloyatlardagi harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanişini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Qöşni mamlakatda zöravonlikning ortişi çuqur xavotir uyğotmoqda. Koronavirus pandemiyasining yangi tölqini şaroitida keskinlikning kuçayişi afğon xalqi hayotini yanada murakkablaştirmoqda.

Ixtilofga aloqador barça tomonlarni kuç işlatişdan tiyilişga hamda tinç aholi orasida qurbonlar kelib çiqişiga yöl qöymaslikka çaqiramiz.

2021 yilning 23 iyun kuni 53 nafar afğon çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari va mahalliy qurolli guruhlar Şörtepa tumani hududidan Özbekistonga ötdi.
Zaruriy suriştiruv va tergov tadbirlari ötkazilganidan söng uşbu afğon fuqarolari vataniga qaytarildi.
Özbekiston hududiga noqonuniy kirişga qilingan har qanday urinişlar qatʼiy bartaraf etiladi, davlat çegarasini buzganlarga esa eng keskin çoralar köriladi.

Özbekiston tomoni Afğoniston bilan anʼanaviy döstona va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini asraş, betaraflikni saqlaş hamda qöşni mamlakat içki işlariga aralaşmaslik tarafdori ekanligini qatʼiy maʼlum qiladi.
Özbekiston hukumati birodar afğon xalqini har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordam körsatiş, jumladan, mamlakatda mustahkam va keng qamrovli tinçlik örnatilişiga xizmat qiladigan yirik energetika va transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oşiriş orqali kömak berişda davom etadi.

×