Manba: Şomurodovga asosiy daʼvogar "Torino" bölib turibdi

Manba: Şomurodovga asosiy daʼvogar "Torino" bölib turibdi

“Sportitalia” naşri Turin klubi özbekistonlik futbolçi uçun asosiy daʼvogar ekanini yozmoqda.

Italiyaning “Roma” klubida töp surayotgan özbekistonlik futbolçi Eldor Şomurodov uçun “Torino” asosiy daʼvogar bölib qolmoqda.

Italiyaning Turin klubining asosiy markaziy hujumçisi Andrea Belotti erkin agent maqomida jamoani tark etgan.

“Sportitalia” naşri xabariga köra, turinliklarning uning örniga yangi hujumçi qidirişmoqda. Hozir ularning diqqati Şomurodovga qaratilgan.

Avvalroq Şomurodovga Italiyaning “Bolonya”, “Sassuolo”, Angliyaning “Vulverxempton” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoalaridan qiziqiş borligi xabar qilingan edi.

Eldor Şomurodov 2021 yilning yozgi transferda 18 million yevro evaziga "Jenoa"dan "Roma"ga ötgandi. Özbekistonlik hujumçi “börilar” safida 40 ta öyin ötkazib, 5 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oşirgan.

×