Toşkent şahar boş imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga asosiy daʼvogar bölib turibdi.
U bungaça Toşkent şahar imom-xatibi lavozimida işlab kelayotgan edi. U bugun Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan birga Şahidlar xiyobonida marhumlarning haqiga duo öqigan.
Nuriddin Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka şahrida tavallud topgan. 1992 yilda Buxoro şahridagi Mir Arab madrasasini, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toşkent islom institutini, 2007 yilda Farğona davlat universitetini tamomlagan.
Iş faoliyati davomida Andijon viloyati Asaka şahri “Ahmadali Maxdum” jome masjidi imom-xatibi, Toşkent şahri Yunusobod tumani “Oq tepa” jome masjidi imom-xatibi va Özbekiston musulmonlar idorasining Andijon viloyati vakili, viloyat boş imom-xatibi vazifalarida mehnat qilgan.
Eslatib ötiş kerak, Özbekiston musulmonlar idorasining avvalgi rahbari Usmonxon Alimov 15 avgust kuni 71 yoşida vafot etgandi.









