Turkiyaning “Istanbul Başakşehir” klubi özbekistonlik hujumçi Eldor Şomurodovning vakillari bilan muzokara ötkazdi. Bu haqda turk futbolidagi işonçli manba – jurnalist Yağiz Sabundjuöğli maʼlum qildi.
Şuningdek, “Gazete Arena” naşri ham bu transfer böyiça kelişuvga erişilgani haqida xabar tarqatdi. Unga köra, özbekistonlik hujumçi kelasi, yaʼni 2025-2026-yilgi mavsumda Turkiya Superligasida töp suradi.
Turkiyaning törtta grand klubi – “Galatasaray”, “Fenerbahçe”, “Beşiktoş” va “Trabzonspor” hujum çiziğini kuçaytiriş uçun bir neça yulduzlarga transfer taklifi yuborgan bölsa-da, özbek yulduzi uçun kuraşda Istanbulning “Başakşehir” klubi ğalaba qozongani aytilmoqda.
Maʼlumot uçun, “Istanbul Başakşehir” – Turkiya siyosiy doiralari bilan yaqin aloqada bölgan jamoa hisoblanadi va mahalliy hokimiyat tomonidan qöllab-quvvatlanadi. Şunga qaramay, klub joriy mavsum Superligada 5-örinni egalladi.
“Roma” 29 yoşli futbolçisi bilan amaldagi şartnoma 2026 yilning yozigaça amal qilişiga qaramay, u bilan xayrlaşişga tayyor. Şomurodov ötgan mavsumda Şomurodov barça turnirlarda 37 ta öyinda maydonga tuşib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Transfermarkt” portali maʼlumotiga köra, futbolçining bozor qiymati 4 million yevroga teng.









